Mirziyoyevning Turkiyaga amaliy taşrifi yakunlandi

Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Anqaraga amaliy taşrifini yakunlab, Toşkentga jönab ketdi. «Etimesgut» aeroportida davlat rahbari va uning rafiqasini Turkiya savdo vaziri Ömer Bolat hamda boşqa rasmiylar kuzatib qöydi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Taşrif doirasida nimalar amalga oşirildi
Taşrifning birinçi kunida Mirziyoyev Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdoğan bilan uçraşdi va Turkiy davlatlar sivilizatsiyasi boğining oçiliş marosimida qatnaşdi.
30-oktyabr kuni Anqarada Turkiy davlatlar taşkilotining navbatdagi sammiti bölib ötdi. Unda Özbekiston prezidenti köp tomonlama şeriklikni kengaytirişning ustuvor yönalişlarini belgilab, bir qator taşabbuslarni ilgari surdi.
Şuningdek, taşrif davomida Turkiyaning yetakçi kompaniyalari rahbarlari bilan ikki tomonlama uçraşuvlar ötkazildi.
Avvalroq Mirziyoyev TDT sammitida «Turkiy dunyo – 100» dasturini taklif qilgani haqida xabar berilgandi.