Qor va yomğir yoğadi: 30-oktabr uçun ob-havo prognozi

eʼlon qilindi
Toşkentda 21 darajagaça iliq böladi
Qor va yomğir yoğadi: 30-oktabr uçun ob-havo prognozi
Foto: depositphotos

30-oktabr kuni Özbekistonning aksariyat hududlarida yoğingarçilik kutilmaydi. Faqat toğli joylarda yomğir yoğişi, baland toğlarda esa yoğingarçilik qorga aylanişi mumkin. Bu haqda Özgidromet ma’lum qildi.

Toşkentda 21 darajagaça iliq böladi

Toşkent şahrida havo özgaruvçan böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat keçasi 8–10 daraja, kunduzi 19–21 daraja iliq böladi.

Ayrim hududlarda 23 darajagaça isiydi

Buxoro va Navoiy viloyatlarida yoğingarçilik kutilmaydi. Harorat keçasi 2–7 daraja, kunduzi 18–23 daraja iliq böladi.

Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham havo yoğingarçiliksiz böladi. Keçasi 5–10 daraja, kunduzi esa 18–23 daraja iliq bölişi prognoz qilingan.

Toşkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida harorat keçasi 5–10 daraja, kunduzi 17–22 daraja iliq böladi.

Andijon, Namangan va Farğona viloyatlarida ham yoğingarçilik kutilmaydi. Harorat keçasi 5–10 daraja, kunduzi 17–22 daraja iliq böladi.

Qoraqalpoğiston va Xorazmda keçasi sovuq tuşişi mumkin

Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida keçasi harorat 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqaça bölişi mumkin. Kunduzi esa havo 15–20 darajagaça isiydi. Yoğingarçilik kutilmaydi.

Toğlarda qor yoğişi mumkin

Respublikaning toğli hududlarida ayrim joylarda yomğir yoğişi, baland toğlarda esa yoğingarçilik qorga aylanişi mumkin.

Şamol şarqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat keçasi 0–5 daraja, kunduzi 10–15 daraja iliq böladi.

Eslatib ötamiz, Kursiv Uzbekistan naşri 29-oktabr uçun ob-havo ma’lumotlari e’lon qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek