Toşkent şahar hokimligi «Paxtakor»ga 5 mlrd söm ajratdi

Toşkent şahar hokimligi «Paxtakor» futbol klubiga 5 mlrd söm mablağ ajratişni ma’qulladi. Mablağ Toşkent şahrini rivojlantiriş jamğarmasi hisobidan beriladi.
Toşkent şahar hokimi Şavkat Umurzoqovning 29-oktabrdagi qaroriga köra, «Paxtakor» FK MChJga tasdiqlangan sarf-xarajatlar smetasiga muvofiq 5 mlrd söm ajratiladi.
Mablağni klubga ötkaziş böyiça «Toşkent Invest kompaniyasi» AJ kuzatuv kengaşiga tegişli taklif kiritiladi.
Mablag‘larning sarflanişi nazorat qilinadi
Qarorga köra, Toşkent şahar hokimligi Munitsipal aktivlarni boşqariş markazi ajratilgan mablağlarning maqsadli sarflanişini ta’minlaşi kerak.
Şuningdek, mablağ ijrosi böyiça xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşiga hisobot taqdim etiladi.
Qaror ijrosini nazorat qiliş Toşkent şahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari D.Xudaybergenov zimmasiga yuklatilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonning ikki klubi – «Paxtakor» va «Neftçi» OFK Elit Çempionlar ligasining 3-turida mağlubiyatga uçragani xabar qilingandi. Toşkentliklar Iroqda «Eyr Fors»ga 0:1 hisobida yutqazgan bölsa, Farğona klubi öz maydonida «Al-Ittihod»ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.