Toşkentda yaşirin pivo işlab çiqariş sexi aniqlandi

Toşkent şahrining Mirzo Uluğbek tumanida yaşirin ravişda pivo işlab çiqarib kelgan sex faoliyatiga çek qöyildi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Departament ma’lum qildi.
Tezkor tadbir Departamentning Toşkent şahri boşqarmasi va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari hamkorligida ötkazilgan.
22 turdagi pivo mahsulotlari topildi
Dastlabki ma’lumotlarga köra, bir guruh şaxslar Mirzo Uluğbek tumanining «Salor böyi» köçasidagi uyda yaşirin sex taşkil qilgan.
U yerda qölbola usulda iste’molga yaroqsiz pivo içimliklari işlab çiqarilgani aniqlangan.
Tezkor tadbir davomida sexdan 22 turdagi pivo içimliklari, şuningdek, işlab çiqarişda foydalanilgan boşqa mahsulotlar aşyoviy dalil sifatida olib qöyilgan.
Jinoyat işi qözğatildi
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 276¹¹-moddasi – xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni sotiş maqsadida işlab çiqariş, saqlaş, taşiş yoki sotiş bilan boğliq qilmişlar böyiça jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq «Kursiv» davlat xaridlarida 10,2 trln sömlik qoidabuzarlik aniqlangani haqida yozgan edi.