Bozor xizmatlarining 40 foizdan ortiği Toşkent hissasiga töğri keldi

2026-yilning yanvar – sentabr oylarida Özbekistonda körsatilgan bozor xizmatlari hajmi 1 003,2 trln sömni taşkil etdi. Bu 2025-yilning mos davridagiga nisbatan 16,7 foizga köp. Milliy statistika qömitasi ma’lumotiga köra, xizmatlar hajmining eng katta qismi Toşkent şahri hissasiga töğri kelgan.
Toşkentning uluşi 40 foizdan oşdi
Poytaxtda töqqiz oy davomida 409,4 trln sömlik bozor xizmatlari körsatilgan. Bu respublika böyiça jami körsatkiçning qariyb 40,8 foizi degani.
Samarqand va Toşkent viloyati keyingi örinlarda
Hududlar orasida ikkinçi natija Samarqand viloyatida qayd etilgan – 73,8 trln söm. Toşkent viloyatida xizmatlar hajmi 68,3 trln söm, Farğona viloyatida esa 66 trln sömni taşkil etdi.
Andijon viloyatida 51 trln söm, Namanganda 49,6 trln söm, Qaşqadaryoda esa 47,3 trln sömlik bozor xizmatlari körsatilgan.
Eng past körsatkiç Sirdaryoda
Buxoro viloyatida xizmatlar hajmi 39,7 trln söm, Xorazmda 33,9 trln söm, Surxondaryoda 31,4 trln söm bölgan.
Qoraqalpoğiston Respublikasida bu körsatkiç 30,5 trln söm, Navoiy viloyatida 23,5 trln söm, Jizzaxda 22,4 trln sömni taşkil qilgan. Hududlar orasidagi eng past körsatkiç Sirdaryo viloyatida 13,9 trln söm qayd etilgan.
Avvalroq «Kursiv» Özbekistonda 1,3 mlnga yaqin kiçik biznes subyektlari faoliyat yuritayotgani haqida yozgan edi.