2027-yildan xorijga işga yuboriş xususiy bandlik agentliklariga ötkaziladi

2027-yildan Özbekiston fuqarolarini çet elga işga yuboriş vazifasi xususiy sektordagi eng işonçli bandlik agentliklariga töliq ötkaziladi. Yuqori daromadli işga joylaştirilgan har bir fuqaro uçun agentliklarga 1,5 mln sömdan rağbat puli tölanadi. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev migratsiya va xorijda bandlik masalalariga bağişlangan yiğilişda ma’lum qildi.
Davlat rahbari xususiy bandlik agentliklariga litsenziya beriş tartibi soddalaştirilganidan keyin 2 yil içida ularning soni 3 baravar, ular orqali xorijda işga joylaşgan fuqarolar soni esa 5 baravar oşganini ta’kidladi.
Agentliklar uçun yangi imtiyozlar beriladi
Xususiy bandlik agentliklariga yoşlarni kasb va xorijiy tillarga tayyorlaş uçun texnikum binolarining bir qismi bepul ijaraga beriladi. Çet eldan jalb qilingan öqituvçi va ekspertlar uçun ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz etib belgilanadi. Öquv jarayonida foydalaniladigan uskuna va jihozlar esa bojxona bojidan ozod qilinadi.
Agentliklar faoliyati şaffof tizimda yuritilib, ularning reytingi tuziladi. Fuqaroni aniq işga joylaştiriş, uning huquqlarini ta’minlaş, yuqori daromad va kafolatlangan ijtimoiy himoya reytingning asosiy mezonlari böladi.
Prezident bir oy muddatda xususiy bandlik agentliklari faoliyatini yangi bosqiçga olib çiqişga qaratilgan qaror loyihasini kiritişni topşirdi. Ularning faoliyatini ijtimoiy xizmat sifatida baholab, soliqqa tortiş tizimini ham soddalaştiriş rejalaştirilmoqda.
Bundan taşqari, 2027-yilda Özbekistonda 2 ta yirik xalqaro rekruting kompaniyasi faoliyatini yölga qöyiş vazifasi belgilandi. Ular mutaxassislarni özlari tayyorlab, töğridan töğri xorijiy iş beruvçilarga işga joylaştirişi kutilmoqda.
34 davlatda 287 mingta iş örni bor
Ma’lum qilinişiça, 2026-yilda 34 ta davlatda 287 ming nafar Özbekiston fuqarosini işga joylaştiriş imkoniyati mavjud. Biroq prezident bu imkoniyatlar haqida aholi yetarli ma’lumotga ega emasligini, Migratsiya agentligi va «mahalla yettiligi» örtasidagi hamkorlik ham samarali yolga qöyilmaganini qayd etdi.
«Migratsiyada bizga raqam emas, sifat kerak!» – dedi Şavkat Mirziyoyev.
Endilikda xorijdagi böş iş örinlari haqidagi ma’lumot har bir mahallagaca yetkaziladi. Har bir taklifda qaysi mamlakatga qanday mutaxassis kerakligi, buning uçun qayerda öqiş va qaysi tilni biliş zarurligi körsatiladi.
«Mahalla yettiligi» çet elda işlaş istagidagi fuqarolarga mavjud imkoniyatlarni tüşuntirib, nomzodlarni «Onlayn mahalla» platformasiga kiritadi. Hokimlar va mas’ul idoralar ularni kerakli kasb va tilga tayyorlaş, keyin esa işga joylaştiriş uçun javob beradi. Viloyat hokimlari har oyda bir marta, tuman hokimlari esa oyiga 2 marta migratsiya böyiça amalga oşirilayotgan işlarni muhokama qiladi.
Xorijdagi fuqarolar «Onlayn mahalla» orqali yordam söraydi
Prezident xorijda mehnat qilayotgan fuqarolarning huquqlarini himoya qiliş davlatning doimiy vazifasi ekanini ta’kidladi. Xorijda muammoga duç kelgan özbekistonliklar endi «Onlayn mahalla» platformasi orqali yordam sörab murojaat qilişi mumkin. Zarur vaziyatlarda elçining özi fuqaro oldiga borişi, uning huquqlarini himoya qiliş va muammoni hal etiş bilan şuğullanişi belgilandi.
«Çet elda mehnat qilayotgan birorta yurtdoşimiz öz muammosi bilan yolğiz qolmasligi kerak», – dedi prezident.
Hokimlarga xorijda işlayotgan fuqarolarning oilalari farovonligini ta’minlaş, ularning farzandlari sifatli ta’lim olişi uçun şaroit yaratiş vazifasi ham qöyildi.
Şuningdek, rivojlangan davlatlar bilan işçi vizalari, mehnat kvotalari va Özbekistonda olingan malakani tan oliş masalalarini hal qiliş uçun iqtisodiy diplomatiyani kuçaytiriş topşirildi.
Toshkentdagi forumga 52 davlat vakillari keladi
Joriy yil 30-noyabrdan 5-dekabrgaca Toshkentda «Yangi Özbekiston – global imkoniyatlar çorrahası» forumi ötkaziladi. Unda 52 ta davlat vakillari qatnaşişi kutilmoqda. Prezident forum orqali tadbirkorlar uçun yangi eksport bozorlarini oçiş, xorijda işlaş istagidagi fuqarolarni Yevropa va Körfaz mamlakatlaridagi iş beruvçilar bilan boğlaş zarurligini ta’kidladi.
Özbekiston elçilariga özlari faoliyat yuritayotgan mamlakatlardan 50 – 100 nafardan yirik importyor va rekruting kompaniyalari vakillarini forumga jalb qiliş vazifasi qöyildi. Forum yakunida 2027-yil uçun eksport, turizm va mehnat migratsiyasi yönalişlarida aniq kelışuvlarga erişiş rejalashtirilmoqda.