3-noyabr kuni Özbekistonda ob-havo qanday böladi

eʼlon qilindi
Toşkent şahrida havo özgaruvçan böladi
8-dekabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi
Foto: depositphotos

3-noyabr kuni Özbekiston hududining katta qismida quruq va iliq ob-havo kuzatiladi. Kunduz kuni havo harorati +15…+25 daraja atrofida böladi. Toğli hududlarda esa yomğir, baland joylarda qor yoğişi mumkin.

Toşkent şahrida havo özgaruvçan böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Keçasi +8…+10 daraja, kunduz kuni +20…+22 daraja iliq böladi. Şamol şarqdan sekundiga 3–8 metr tezlikda esadi.

Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida ham yoğingarçilik kutilmaydi. Keçasi +3…+8 daraja, kunduz kuni +15…+20 daraja iliq böladi.

Buxoro, Navoiy, Toşkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida havo özgaruvçan böladi, yomğir yoğmaydi. Keçasi +7…+12 daraja, kunduz kuni +18…+23 daraja iliq böladi.

Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida keçasi +9…+14 daraja, kunduz kuni +20…+25 daraja iliq kuzatiladi. Yoğingarçilik kutilmaydi.

Andijon, Namangan va Farğona viloyatlarida ham quruq ob-havo saqlanadi. Keçasi +7…+12 daraja, kunduz kuni +17…+22 daraja iliq böladi.

Toğlarda yomğir va qor kutilmoqda

Respublikaning toğoldi va toğli hududlarida ayrim joylarda yomğir yoğadi, baland toğlarda esa qorga aylanişi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tuşişi ehtimoli bor.

Aksariyat hududlarda şamol şarqdan sekundiga 7–12 metr tezlikda esadi. Farğona vodiysida esa sekundiga 5–10 metrni taşkil etadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq noyabrning ilk 10 kunligida havo sovişi va yomğir yoğişi haqida xabar berilgandi.

Shuningdek