Imarat Development asosçisi Marat Hamdamov protsessual tartibda uşlandi

«Imarat Development» asosçisi Marat Hamdamov protsessual tartibda uşlandi. Toshkent şahar IIBBning Kursiv Uzbekistanga ma’lum qilişiça, kompaniya faoliyati yuzasidan qözğatilgan jinoyat işi doirasida jami 2 kişi uşlangan. Ikkinçi şaxsning kimligi hozirça oçiqlanmagan.
Avvalroq Toshkent şahar IIBB «Imarat Development» rahbariyatiga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi – firibgarlik hamda 192¹¹-moddasi – nodavlat taşkilot mansabdor şaxsining öz vakolatlarini suiiste’mol qilişi alomatlari bilan jinoyat işi qözğatilganini ma’lum qilgan edi.
Xaridorlar pullarini qaytarişni talab qilgan

IIBB ma’lumotiga köra, kompaniya tomonidan qurilişi rejalaştirilgan köp qavatli uylar Toshkent viloyatining Quyi Çirçiq tumanida joylaşgan. Ayrim xaridorlar bundan norozi bölib, xonadonlar uçun tölagan pullarini qaytarişni talab qilgan, biroq mablağlar qaytarilmagan.
Şundan söng holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari boşlangan. IIBBning 2-noyabrdagi yangi ma’lumotiga köra, iş doirasida Marat Hamdamov va yana bir kişi protsessual tartibda uşlangan. Ayni vaqtda tergov davom etmoqda.
Avvalroq loyiha bilan boğliq ta’sisçilar örtasidagi kelişmovçilik yuzasidan tadbirkor Marat Hamdamov, aktrisa Şahzoda Muhammedova, jamoat faoli Rasul Kuşerbayev va boshqalar munosabat bildirganini xabar bergan edi.