Miyasiga çip örnatilgan bemor fikr yordamida telefonda gaplaşdi

Ilon Maskning Neuralink kompaniyasi miyaga örnatilgan çip yordamida telefonda gaplaşiş imkonini beruvçi texnologiyani sinovdan ötkazdi. Qurilma iştirokçining nutqiga oid miya signallarini matn va sun’iy ovozga aylantirib, telefon qönğiroği orqali muloqot qilişga yordam beradi. Bu haqda Inside BCI xabar berdi.
Çip iPhone va sun’iy intellekt bilan integratsiya qilindi
Neuralink muhandislari VOICE klinik sinovi iştirokçisining uyida 72 soat davomida yangi funksiyalarni işlab çiqib, sinovdan ötkazdi. Natijada çip orqali hosil qilingan nutqni iPhone qönğiroqlariga uzatiş imkoniyati yaratildi. Iştirokçi rafiqasi bilan telefon orqali gaplaşdi.
Kompaniya Bloom mobil ilovasini ham takomillaştirdi. U foydalanuvçiga miya signallari yordamida iPhone ilovalarida matn kiritiş, nutqni boşlaş va töxtatişni avtomatlaştiriş imkonini beradi.
Yana bir funksiya Grok sun’iy intellekt agentini fikr orqali faollaştirişga möljallangan. Foydalanuvçi xayolan «Hey Neuralink» deb, keyin kerakli vazifani ifodalaşi mumkin. Tizim esa buyruqni kompyuterda bajarişga yordam beradi.
Texnologiya hali sinov bosqiçida
Neuralink ma’lumotiga köra, yangi imkoniyatlar VOICE klinik tadqiqoti doirasida işlab çiqilgan. Ayrim funksiyalar hozirça tajriba sifatidagi prototiplar bölib, ularning barça iştirokçilarga qaçon taqdim etilişi ma’lum emas.
Miya-kompyuter interfeysi neyronlar faolligini qayd etib, foydalanuvçinin gapiriş niyatiga mos signallarni raqamli buyruq yoki nutqqa aylantiradi. Bu texnologiya falajlik yoki oğir nutq buzilişlari sababli muloqot qilişda qiynaladigan insonlarga yordam berişi mumkin.
Avvalroq Ilon Maskning Neuralink kompaniyasi 2026-yilda miya-kompyuter interfeysi qurilmalarini yirik hajmda işlab çiqarişni boşlaşini va jarayonni töliq avtomatlaştirilgan jarrohlik usuliga ötkazişini e’lon qilgandi.