Netanyaxu Trampdan Eronga zarba berişni talab qildi

eʼlon qilindi
Tramp hozirça Tehron bilan muzokaralarga imkon beriş tarafdori
Foto: CDN

Isroil boş vaziri Binyamin Netanyaxu AQŞ prezidenti Donald Trampni 3-noyabr kuni bölib ötadigan oraliq saylovlardan keyin Eronga qarşi harbiy amaliyotlarni qayta boşlaşga undamoqda. Biroq Tramp hozirça Tehron bilan muzokaralarga imkon beriş tarafdori. Bu haqda Axios xabar berdi.

Naşrning AQŞ va Isroil manbalariga tayanib yozişiça, ikki davlat rahbarlari 31-oktyabr kuni telefon orqali suhbatlaşgan. Unda Eronga qarşi harbiy amaliyotlarni qayta boşlaş va AQŞning Tehron bilan muzokaralari muhokama qilingan.

Isroil tomoni suhbatni «keskin», AQŞ manbasi esa «töğridan-töğri» deb ta’riflagan. Netanyaxu Trampning muzokaralarga köproq vaqt beriş qaroridan xavotirda ekani aytilmoqda.

Tramp muzokaralarga imkon bermoqçi

Axios ma’lumotiga köra, Tramp diplomatik muzokaralarni davom ettiriş bilan birga, harbiy amaliyotlarni qayta boşlaş ehtimoliga ham tayyorgarlik körmoqda. Biroq u hozirça şoşilmayapti.

Tramp 31-oktyabr kuni jurnalistlarga Eron bilan muzokaralar yaxşi ketayotganini aytgan va zarbalarni qayta boşlaşga «unçalik şoşilmayotganini» bildirgan. AQŞ davlat kotibi Marko Rubio ham Vaşington Eronga zarba beriş böyiça yakuniy qaror qabul qilmaganini ma’lum qilgan.

Qatar vositaçiligida muzokaralar davom etmoqda

Ayni paytda Qatar vositaçiligida AQŞ va Eron örtasidagi töğridan-töğri muzokaralarni qayta boşlaş böyiça maslahatlaşuvlar olib borilmoqda. Qatar vakillari Eron rasmiylari bilan ketma-ket uçinçi kun uçraşuvlar ötkazgan.

Eron taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçining aytişiça, tomonlar örtasida hali yakuniy kelişuv yöq. Tehron Vaşingtondan ayrim masalalar böyiça javob kutmoqda.

Hozirça Tramp Eronga qarşi yangi zarbalar beriş haqida qaror qabul qilgani yöq. Axios xabarida keltirilgan ma’lumotlar ikki davlat rasmiylarining anonim manbalariga asoslangan.

Avvalroq AQŞ prezidenti Donald Tramp Yaqin Şarqda Eronga qarşi yangi harbiy zarbalar beriş imkonini közda tutuvçi yirik harbiy kuçlarni jamlayotgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek