OPEK+ neft işlab çiqarişni oşirmaydi: Özbekistonga ta’siri qanday?

OPEK+ tarkibidagi 7 davlat dekabr oyida neft işlab çiqarish hajmini oşirmaslikka kelişdi. Jahon bozorida neft narxlari yuqoriligiça qolayotgan bir paytda bu qaror Özbekiston uçun import yoqilğisi narxi bilan boğliq xatarlarni saqlab qoladi.
Reuters xabariga köra, 2026-yil 1-noyabr kuni Saudiya Arabistoni, Rossiya, Iroq, Kuvayt, Qozog‘iston, Jazoir va Ummon vakillari onlayn uçraşuv ötkazib, sentabrdan buyon amal qilayotgan işlab çiqarish maqsadlarini dekabrda ham özgartirmaslikka qaror qildi.
Şu tariqa kvotalar 4-oy ketma-ket bir xil darajada qolmoqda. Saudiya Arabistoni uçun körsatkiç kuniga 10,478 mln barrel, Rossiya uçun 9,949 mln barrel, Qozog‘iston uçun esa 1,628 mln barrelni taşkil etadi.
Eron atrofidagi uruş sabab Fors körfazi davlatlaridan neft yetkazib berişda uzilişlar saqlanib qolmoqda. Ayrim davlatlar esa belgilangan kvotalardan ham kamroq neft qazib çiqarmoqda. Şu sabab kvotalarning o‘zgarmasligi amaldagi yetkazib beriş hajmi barqaror bölişini kafolatlamaydi.
Bu Özbekiston uçun nimani anglatadi?
Milliy statistika qömitasi ma’lumotiga köra, 2026-yilning yanvar – sentabr oylarida Özbekiston neft, neft mahsulotlari va şunga öxşaş materiallarni $1,56 mlrdga import qilgan. Bu ötgan yilning mos davridagiga nisbatan 6 foiz köp. Şundan benzin importiga $454 mln, dizel yoqilğisiga esa $189,1 mln sarflangan.
Bunday şaroitda jahon bozorida neft narxlarining yuqori bölib qolişi import qilinadigan benzin va dizel tannarxiga bosimni kuçaytirişi mumkin. Bu transport va logistika xarajatlariga ham ta’sir körsatadi.
Biroq OPEK+ qarori Özbekistondagi AYoQŞlarda narxlar avtomatik ravishda oşadi degani emas. Yakuniy narx import şartnomalari, valyuta kursi, yetkazib beriş imkoniyatlari, qayta işlaş xarajatlari va içki bozordagi raqobatga ham boğliq.
Özbekiston muqobil yetkazib beruvçilarni izlamoqda
«Özbekneftgaz» Xitoyning CNPC kompaniyasi bilan AI-92 va undan yuqori markali benzin, dizel yoqilğisi, xom neft hamda gaz kondensatini sotib oliş böyiça muzokaralar olib bormoqda. Xomaşyoni Buxoro neftni qayta işlaş zavodida qayta işlaş rejalaştirilgan.
Şuningdek, kompaniya qiş mavsumiga tayyorgarlik doirasida neft bazalaridagi benzin zaxirasini ötgan yilning şu davridagiga nisbatan 2,5 barobar köpaytirganini ma’lum qilgan.
Ta’kidlaş kerakki, Özbekiston Rossiyadan neft xomaşyosi ham xarid qiladi. Energetika vazirligi ma’lumotiga köra, tomonlar Rossiya neftini Qozog‘iston orqali Özbekistonga yetkazib beriş hajmini yiliga 1 mln tonnagaça oşiriş böyiça kelişgan. Bu Özbekistondagi neftni qayta işlaş zavodlari yuklamasini va mamlakatda benzin işlab çiqariş hajmini oşirişga xizmat qilişi közda tutilgan.
OPEK+ning mazkur 7 davlati navbatdagi uçraşuvni joriy yil 29-noyabrda ötkazişi kutilmoqda. Unda neft bozoridagi vaziyat yana muhokama qilinadi. Alyansning kengroq yig‘ilişida esa 2027-yil uçun işlab çiqarish kvotalari masalasi körib çiqiladi.
Avvalroq OPEK+ davlatlari oktabr uçun neft qazib oliş kvotalarini özgartirmagani haqida xabar berilgan edi.