Özbekistonga 15,2 mlrd dollar kelib tuşdi

eʼlon qilindi
Sentabr oyi yakunida bir dollar 11 821 sömni taşkil etdi
2025-yilda O‘zbekistonda xorijdan pul o‘tkazmalari kamaydi
Foto: 24channel

2026-yilning yanvar – sentabr oylarida xalqaro pul ötkazmalari orqali Özbekistonga 15,2 mlrd dollar kelib tuşdi. Şu davrda mamlakatdan 2 mlrd dollar çiqib ketgan va natijada 13,2 mlrd dollarlik ijobiy saldo şakllangan. Bu haqda Markaziy bankning içki valyuta bozori şarhida ma’lum qilindi.

Aholi banklarga 18,9 mlrd dollar sotdi

2026-yilning dastlabki töqqiz oyida içki valyuta bozorida xorijiy valyutaga talab 50,4 mlrd dollarni taşkil etdi. Bu 2025-yilning şu davridagiga nisbatan 17,9 foizga köp.

Markaziy bank operatsiyalarini hisobga olmaganda, xorijiy valyuta taklifi 43,8 mlrd dollarga yetib, yillik hisobda 25,3 foizga oşdi. Taklifning ösiş sur’ati talabnikidan yuqori böldi.

Jismoniy şaxslar hisobot davrida tijorat banklariga 18,9 mlrd dollar sotdi. Bu 2025-yilning yanvar – sentabr oylaridagi 15,3 mlrd dollarga nisbatan qariyb 1,2 barobar köp.

Korxonalarning eksport tuşumlari esa 28,1 foizga oşib, 16,6 mlrd dollarni taşkil etdi. Uşbu mablağning 9,5 mlrd dollari yoki 57,2 foizi içki valyuta bozorida sotildi. Bu ötgan yilning mos davridagiga nisbatan qariyb 2,4 mlrd dollar yoki 33 foizga köp.

Söm yil boşidan 1,5 foizga mustahkamlandi

2026-yilning yanvar – sentabr oylarida AQŞ dollarining sömga nisbatan kursi 11 765 – 12 320 söm oraliğida tebrandi. Sentabr oyi yakunida bir dollar 11 821 sömni taşkil etdi. Markaziy bank ma’lumotiga köra, söm yil boşiga nisbatan 1,5 foizga mustahkamlandi.

Valyuta bozorida yangi tartiblar joriy etildi

Markaziy bank 2026 – 2030-yillarga möljallangan içki valyuta bozoridagi operatsiyalar va intervensiyalar strategiyasini işlab çiqdi. 10-avgustdan boşlab valyuta birjasidagi savdolar vaqti soat 15:00 dan 17:00 gaça uzaytirildi. Bu banklarga valyuta likvidligini samaraliroq boşqariş va mijozlarning xorijiy valyutadagi tölovlarini uzluksiz amalga oşiriş imkonini beradi.

15-sentabrdan esa rasmiy valyuta kursini hisoblaş tartibi özgardi. Endilikda kurs faqat valyuta birjasidagi bitimlar asosida emas, balki banklararo birjadan taşqari bozorda tuzilgan bitimlarni ham hisobga olgan holda belgilanadi. Kurs birja va birjadan taşqari bozordagi bitimlarning örtaça tortilgan qiymati asosida şakllantiriladi.

Şuningdek, dam oliş kunlari uçun oxirgi iş kunida rasman e’lon qilingan valyuta kursidan foydalaniş tartibiga ötildi.

Eslatib ötamiz, 2026-yilning yanvar – iyun oylarida Özbekistonga xorijdan jami $9,3 mlrd pul ötkazmalari kelib tuşgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek