Özbekistonlik migrantlar daromadi: Farğonada $1 850, Toşkent viloyatida $400

Xorijda işlayotgan özbekistonliklarning daromadlari hududlar kesimida sezilarli farq qiladi. Bu haqda joriy yilning 2-noyabr kuni prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida ötkazilgan yiğilişda ma’lum qilindi.
Unda qayd etilişiça, xorijda işlayotgan bir fuqaroga töğri keladigan örtaça oylik pul ötkazmasi Farğonada $1 850 ni taşkil etmoqda. Qoraqalpoğiston Respublikasi va Toşkent viloyatida bu körsatkiç $400 atrofida, Sirdaryoda $500, Jizzax va Navoiyda $600, Surxondaryo hamda Xorazmda esa $700 ga ham yetmaydi.
Xorijda işlaşdan oldin şartlar aniq bölişi kerak
Yiğilişda hokimlar, elçilar va texnikum rahbarlari fuqarolarni yuqori daromadli işlarga tayyorlaş böyiça öz işini qayta körib çiqişi zarurligi ta’kidlandi.
«Aslida, inson qayerda işlaşi, qança maoş olişi, huquqini kim himoya qilişini bilib borişi kerak», – dedi Şavkat Mirziyoyev.
Prezident xorijdagi mehnat bozorlariga çiqişda elçilar, hokimlar va texnikumlar birgalikda işlaşi kerakligini qayd etdi. Germaniya, Turkiya, Slovakiya va Qatarda xorijiy hamkorlarni topiş, ularni texnikumlar bilan boğlaş hamda özbekistonliklarni işga joylaştiriş böyiça ijobiy tajribalar borligi ta’kidlandi.
Texnikumlar tadbirkorlarga 15 yilga beriladi

Yiğilişda quriliş, sanoat va logistika sohalarida malakali kadrlarga talab Özbekistonda ham, xorijda ham oşib borayotgani ta’kidlandi.
Sergelidagi «Toşkent quvur zavodi» öz mutaxassislarini jalb qilib, yiliga 2,5 ming nafar payvandçi, elektrik va çilangar tayyorlaş taşabbusini bildirgan.
Prezident har bir viloyatdagi 2-3 tadan texnikumni yirik tadbirkorlar boşqaruviga beriş rejasini ma’lum qildi. Ular orqali yiliga kamida 30 ming nafar iş joyida darhol faoliyat boşlay oladigan mutaxassis tayyorlaş közda tutilmoqda. Texnikumlar tadbirkorlarga 15 yilga boşqaruvga beriladi. Bitiruvçilarga esa davlat namunasidagi malaka sertifikati taqdim etiladi.
«Men işonaman: çempion tadbirkorlarimiz çet elda «özbek mutaxassislari brendi»ni yaratişda ham davlatga kömakçi böladi», – dedi Şavkat Mirziyoyev.
Tadbirkorlarning kadr tayyorlaş va uskuna xarid qilişga sarflagan mablağlarini tölangan soliqlardan çegiriş, şuningdek, çet elda yaxşi işga joylaşgan har bir bitiruvçi uçun grant ajratiş tizimi yölga qöyiladi. Texnikumlar xorijiy iş beruvçilar bilan ham boğlanadi.
Avvalroq Özbekiston prezidenti Turkiy davlatlar örtasida Turkiy turizm alyansini taşkil etiş va fuqarolarning ID-karta orqali özaro safar qiliş imkoniyatlarini kengaytirişni taklif qilgani xabar berilgan edi.