Qozoğistonlik futbolçilar Toşkentda zaharlandi

Toşkentda ötkazilayotgan «Döstlik Cup – 2026» xalqaro futbol festivalida qatnaşayotgan bir guruh qozoğistonlik yoş futbolçilarning soğliği yomonlaşdi. Bolalarda isitma, iç ketişi va qayt qiliş holatlari kuzatilgan. Bu haqda Kazinform xabar berdi.
Sportçilardan birining onasi Gulnurning aytişiça, zaharlanişga öxşaş dastlabki holatlar 30-oktabr kuni nonuştadan keyin boşlangan. 31-oktabrga ötar keçasi esa bolalarning yarmida isitma, iç ketişi va qayt qiliş kuzatilgan.
«Bir keçada 11 kişi yotib qoldi. Öğlim ham kasal böldi: unda isitma va iç ketişi kuzatildi. Keyinçalik xuddi şunday alomatlar boşqa jamoalardagi bolalarda ham paydo böldi», – deydi u.
Qozoğiston TIV vaziyatga munosabat bildirdi
Ota-onalarning taxminiça, bolalarning soğliği yomonlaşişiga ular joylaştirilgan mehmonxonadagi taomlar sabab bölgan bölişi mumkin. Mehmonxonada nonuşta şved stoli şaklida taşkil etilgan, dasturxonga tuxum va sosiska ham tortilgan.
Sportçilarning onalaridan birining sözlariga köra, 1-noyabr kuni köplab yoş futbolçilar final uçraşuvlarida qatnaşa olmagan.
Qozoğiston Taşqi işlar vazirligi hodisa haqida ma’lumot berib, yordamga muhtoj fuqarolar Özbekistondagi ixtisoslaştirilgan tibbiyot muassasalariga yotqizilganini bildirdi.
«Toşkentdagi «Döstlik Cup – 2026» xalqaro futbol festivalining bir qator iştirokçilari salomatligi tösatdan yomonlaşgani haqida ma’lumot olindi. Yordamga muhtoj barça Qozoğiston fuqarolari Özbekiston Respublikasining ixtisoslaştirilgan tibbiyot muassasalariga yotqizilgan va ularga zarur tibbiy yordam körsatilmoqda», – deyiladi vazirlik xabarida.
Ma’lumotga köra, Qozoğiston diplomatlari jabrlanganlarning yaqinlari va tibbiyot muassasalari bilan aloqada bölib turibdi. Vaziyat nazoratga olingan.
Sportçilardan birining onasi soğliği barqaror bölgan iştirokçilar uçun Qozoğistonga qaytiş aviareyslari taşkil etilayotganini aytgan. Dastlab ular poyezdda qaytişi rejalaştirilgan. Ayrim oilalar esa hozirça Toşkentda qolmoqda.
Avvalroq Markaziy Osiyo vakillari örtasidagi uçraşuvda Özbekiston U-15 terma jamoasi Qozoğiston ustidan 2:0 hisobida ğalaba qozongandi.