Sönggi 10 yilda çet elda işlayotgan özbekistonliklar soni ikki baravar kamaygan — Mirziyoyev

eʼlon qilindi
Har bir hududda migratsiya markazi oçiladi
Мирзиёев поручил послам находить высокооплачиваемую работу для узбекистанцев за рубежом
Foto: Özbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibining rasmiy kanali

So‘nggi o‘n yilda xorijda mehnat qilayotgan Özbekiston fuqarolari soni ikki baravarga qisqardi, biroq ularning oilalariga yuborayotgan pul ötkazmalari hajmi 4 baravarga oshdi. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida ötkazilgan yiğilishda ma’lum qilindi, deb xabar bermoqda davlat rahbari matbuot kotibi Şerzod Asadov.

Mehnat migratsiyasi geografiyasi kengaydi

Prezident sönggi yillarda tartibli mehnat migratsiyasiga munosabat tubdan özgarganini ta’kidladi. Ilgari bu yönalişda atigi 3 ta davlat bilan iş olib borilgan bölsa, hozir ularning soni 27 taga yetgan. Hamkorlik qilayotgan yirik xorijiy iş beruvçilar soni esa qariyb 400 taga köpaygan.

Davlat rahbarining ta’kidlashicha, migrantlar soni qisqarganiga qaramay, ulardan kelayotgan moliyaviy oqim keskin ko‘paygani fuqarolarimizning daromadi va kasbiy salohiyati oşganidan dalolat beradi.

Prezident buni xalqaro mehnat bozorida özbekistonlik mutaxassislarga munosabat özgargani bilan izohladi. Uning ta’kidlaşiça, yurtdoşlar çet elga tobora köproq oddiy işçi emas, balki malakali mutaxassis sifatida bormoqda.

Xorijga işlaş uçun tayyorgarlik kuçaytiriladi

«Intil» markazida xorijda işlaş istagidagi fuqarolarni çet tillari va kasbga tayyorlaş, ularni xorijiy iş beruvçilar talablariga moslaştiriş hamda qonuniy mehnat migratsiyasini taşkil etiş yölga qöyilgan. Yiğilişda mehnat migratsiyasini tartibli taşkil etiş, fuqarolarni xorijda talab yuqori bölgan kasblarga tayyorlaş va ularning huquqlarini himoya qiliş masalalari muhokama qilindi.

Şuningdek, mehnat migratsiyasi geografiyasini kengaytiriş, ayniqsa, Yevropa va Şarqiy Osiyodagi yuqori daromadli bozorlarga çiqiş ustuvor vazifa sifatida belgilangan.

Har bir hududda migratsiya markazi oçiladi

Foto: Özbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibining rasmiy telegram kanali

Prezident viloyat hokimlarining birinçi örinbosarlariga «Intil» xalqaro öquv markazi tajribasini örganib, 2027-yilda har bir hududda yagona migratsiya markazini oçişni topşirdi. Bu maqsad uçun har bir viloyatga 8 mlrd sömdan ajratiladi.

Kelasi yili 10 ming nafar fuqaroni kasb va nemis tiliga örgatiş hamda ularni Germaniyada işga joylaştiriş rejalashtirilgan.

«Yoşlarga ingliz tilini qanday örgatayotgan bölsak, nemis tili böyiça ham şunday yondaşuv kerak», – dedi Şavkat Mirziyoyev.

Şu maqsadda maktab va texnikumlarda nemis tilidan dars beriş uçun 500 nafar til egasi jalb qilinadi. Oliy ta’lim muassasalarida nemis tili öqituvçilarini tayyorlaş böyiça davlat buyurtmasi kelgusi öquv yilidan ikki baravar oşiriladi.

Şuningdek, Germaniya, Yaponiya va Janubiy Koreyaning yirik kompaniyalari özlariga kerakli mutaxassislarni Özbekiston texnikumlarida tayyorlaşga qiziqiş bildirgan. Ular öquv dasturlarini işlab çiqiş va ta’lim muassasalarini jihozlaşga sarmoya kiritişga ham tayyor.

Prezident bir oy içida 20 ta texnikumni tanlab, kelgusi yildan ularni xorijiy iş beruvçilar talabi asosida kadr tayyorlaşga moslaştirişni topşirdi.

Avvalroq Şavkat Mirziyoyev joriy yil 30-oktabr kuni Anqarada ötkazilgan Turkiy davlatlar taşkilotining 13-sammitida qatnaşgani haqida xabar berilgan edi.

Shuningdek