Xorijdagi iş staji pensiya tayinlaşda hisobga olinadimi

Özbekiston xorijda mehnat qilayotgan fuqarolarning iş staji va pensiya huquqlarini tan oliş böyiça yangi kelişuvlar tuzişni rejalaştirmoqda. Prezident Şavkat Mirziyoyev fuqarolarning çet elda işlagan yillari vatanga qaytgandan keyin pensiya tayinlaşda hisobga olinişi kerakligini ta’kidladi.
Hozir özbekistonliklar 40 dan ziyod davlatlarda qonuniy mehnat qilib, soliqlar bilan birga pensiya badallarini ham tölamoqda.
«Ularning xorijdagi iş staji vatanga qaytganidan keyin hisobga ötişi, ayniqsa, pensiya tayinlaşda bu, albatta, inobatga olinişi zarur», – dedi prezident.
Bu orqali fuqaroning xorijda qonuniy işlagan davrini Özbekistonda pensiya hisoblaşda tan oliş imkoniyatini kengaytiriş közda tutilmoqda.
Uçta davlat bilan bitim imzolandi
2026-yilda Qirğiziston, Ozarbayjon va Turkiya bilan fuqarolarning iş staji va pensiya huquqlarini özaro tan oliş böyiça ikki tomonlama bitimlar imzolangan.
Endi Rossiya, Germaniya, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Boltiqböyi va Bolqon davlatlari bilan ham şunday kelişuvlarga erişiş rejalashtirilmoqda.
Mas’ullarga xorijiy hamkorlar bilan muzokaralar ötkaziş hamda yil yakunigaça erişilgan natijalar böyiça axborot taqdim etiş topshirildi.
Eslatib ötamiz, avvalroq migratsiyadan qaytganlar uçun yangi platforma yaratilişi haqida xabar berilgandi. Yil boşidan buyon 1,1 mln kişi migratsiyadan qaytgan. Ular orasida Germaniya, Buyuk Britaniya, Koreya Respublikasi, Yaponiya va Rossiyada sanoat, quriliş, logistika, xizmat körsatiş hamda qişloq xöjaligi sohalarida tajriba orttirgan mutaxassislar bor.