2027-yilgi Chevrolet Tracker quvvati oşirildi

3-noyabr 2026 14:37 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
2027-yilgi Chevrolet Tracker quvvati oşirildi
Foto: GM Authority

Yangilangan 2027-yilgi Chevrolet Tracker avvalgi 1,2 litrli turbo dvigatelni saqlab qoladi, biroq uning quvvati biroz oşiriladi. Eng katta özgariş esa maksimal aylantiruvçi moment qaysi aylanişda erişilişida kuzatiladi, deya xabar berdi GM Authority.

2027-yilgi Chevrolet Tracker 1,2 litrli uç silindrli turbo benzin dvigateli bilan jihozlanadi. U olti poğonali avtomatik uzatmalar qutisi va old ğildirakdan tortiş tizimi bilan işlaydi.

Yangi modelda dvigatel quvvati 5 000 ayl/min da 140 ot kuçini taşkil etadi. 2026-yilgi versiyada bu körsatkiç 137 ot kuçi edi. Şu tariqa dvigatel quvvati 3 ot kuçiga oşirilgan.

Maksimal moment yuqoriroq aylanişda beriladi

Foto: GM Authority

Aylantiruvçi moment miqdori özgarmaydi va 162 funt-fut darajasida qoladi. Biroq 2027-yilgi modelda maksimal moment 4 000 ayl/min da erişiladi.

2026-yilgi Trackerda esa xuddi şu körsatkiç 2 500 ayl/min da mavjud edi. Demak, maksimal momentga erişiş uçun dvigatel endi 1 500 ayl/min köproq aylanişi kerak böladi.

Bu özgariş kundalik haydaşda quvvatdagi uç ot kuçilik o‘sişdan köra sezilarliroq bölişi mumkin.

Dizayn va salon ham yangilandi

Chevrolet Tracker Koreyada qanday narxda sotiladi
Rasm SI yordamida yaratilgan

2027-yilgi Chevrolet Tracker öng va orqa qismning yangi dizayni, yangilangan faralar, ingiçkaroq LED orqa çiroqlar hamda yangi ğildirak disklari bilan taqdim etiladi.

Komplektatsiyalar soni beştadan uçtagacha qisqartirilgan.

Salonda 11,3 dyuymli multimedia ekrani va 11 dyuymli raqamli asboblar paneli örnatiladi. Multimedia tizimida Google xizmatlari ham mavjud böladi.

Avtomobil GM’ning yangilangan Vehicle Intelligence Platform, ya’ni Global B elektron platformasini ham oladi.

Işlab çiqariş 2027-yil yanvarida boşlanadi

Chevrolet Tracker avvalgidek GM VSS-F platformasida quriladi. Modelni seriyali işlab çiqariş 2027-yil 4-yanvardan Janubiy Koreyadagi GM Changwon zavodida boşlanişi rejalashtirilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq 2027-yilgi Chevrolet Equinox EV’ning haydaş rejimlari tuşuntirilgandi.

Shuningdek