Buxoroda $136 mlnlik kongress-xoll va ikkita mehmonxona qurilmoqda

Prezident Şavkat Mirziyoyev Buxoro şahrida qurilayotgan kongress-xoll majmuasi va ikkita zamonaviy mehmonxona bilan tanişdi. Umumiy qiymati 136,6 million dollar bölgan loyihalar şaharning xalqaro anjumanlar va yirik tadbirlarni qabul qiliş imkoniyatlarini kengaytirişi kutilmoqda. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Kongress-xoll qurilişiga $60 mln yönaltiriladi
Kongress-xoll loyihasining qiymati 60 million dollarni taşkil etadi. 14,5 ming kvadrat metr maydonli bino xalqaro forumlar, yuqori darajadagi uçraşuvlar va boşqa yirik anjumanlarni ötkazişga möljallangan.
Hozirda asosiy betonlaştiriş işlari yakunlangan. Taşqi muhandislik tarmoqlarini tortiş, bino fasadi va tomini quriş işlari davom etmoqda.
Buxoroda ikkita yangi mehmonxona qurilmoqda
Hududda 37 million dollarlik Hilton Garden Inn mehmonxonasi ham barpo etilmoqda. Yetti qavatli bino 212 ta xonaga ega böladi. Loyiha doirasida yer osti avtoturargohi ham közda tutilgan. Mehmonxonaning asosiy konstruksiyalari qurib bitkazilgan, hozir içki devorlar, muhandislik tarmoqlari va fasad ustida iş olib borilmoqda.
Yana bir loyiha – qiymati 39,6 million dollarlik Holiday Inn mehmonxonasi. U ham yetti qavatli va 212 xonali böladi. Mehmonxona yonida ikki qavatli biznes markazi qurilmoqda.
Ayni paytda mehmonxonaning tomini montaj qiliş va içki devorlarini quriş işlari, biznes markazining yertölasida esa betonlaştirişning yakuniy bosqiçi davom etmoqda.
Turizm xizmatlari eksporti 11 barobar oşdi
Prezident matbuot xizmati ma’lumotiga köra, 2025-yilda Özbekistonga kelgan xorijiy sayyohlar soni 2016-yilga nisbatan qariyb olti barobar, turizm xizmatlari eksporti esa 11 barobar oşgan.
Davlat rahbari yangi infratuzilma obyektlari xalqaro tadbirlarni yuqori saviyada ötkaziş, turizm xizmatlarini kengaytiriş va aholi daromadlarini oşirişga xizmat qilişini ta’kidladi. Quriliş işlarini belgilangan muddatlarda va sifat talablariga rioya qilgan holda yakunlaş böyiça topşiriqlar berildi.
Avvalroq taşrif Kogon tumanidagi Bahouddin Naqşband maqbarasini ziyorat qilişdan boşlangani haqida xabar berilgandi.