Mirziyoyev xonlar madrasasi bilan tanişdi

eʼlon qilindi
Bino 6 milliard sömlik loyiha doirasida qisman restavratsiya qilingan
Foto: prezident matbuot xizmati

Prezident Şavkat Mirziyoyev Buxoro şahridagi Qöşmadrasa ansambliga taşrif buyurib, tarixiy majmuani restavratsiya qiliş rejasini közdan keçirdi. Davlat rahbari sayyohlar uçun yanada qulay şaroitlar yaratiş böyiça körsatmalar berdi.

Qöşmadrasa ansambli restavratsiya qilinadi

Qöşmadrasa ansambli Abdullaxon va Modarixon madrasalaridan iborat. Abdullaxon madrasasi 1588 – 1590-yillarda Buxoro xonligining Şayboniylar sulolasiga mansub hukmdori Abdullaxon II tomonidan qurilgan. Modarixon madrasasi esa 1566 – 1567-yillarda hukmdor tomonidan onasi şarafiga bunyod etilgan.

Ikki madrasa bir-biriga qarama-qarşi, yagona öq çiziği böylab joylaşgan. Abdullaxon madrasasi murakkab rejasi, içki tuzilişi va kök rangli koşinlardan işlangan geometrik naqşlari bilan ajralib turadi.

XVI asrda majmua Movarounnahrdagi nufuzli ta’lim va ilm-fan markazlaridan biri bölgan. Madrasalarda diniy fanlar bilan birga arab tili va adabiyoti, mantiq, falsafa, matematika, geometriya va tibbiyot ham öqitilgan.

Ansamblga yiliga bir million sayyoh taşrif buyuradi

Qöşmadrasa ansambli 2023 – 2024-yillarda qiymati 6 milliard sömlik loyiha doirasida qisman restavratsiya qilingan. Rasmiy ma’lumotga köra, bugungi kunda majmuaga yiliga bir million sayyoh taşrif buyuradi.

Taşrif davomida prezidentga ansamblni restavratsiya qiliş rejasi taqdim etildi. Mirziyoyev tarixiy merosni asraş bilan birga, sayyohlar uçun qulay şaroitlarni yanada yaxşilaş yuzasidan körsatmalar berdi.

Avvalroq Şavkat Mirziyoyev Buxoro şahrida qurilayotgan kongress-xoll majmuasi va ikkita zamonaviy mehmonxona bilan tanişgandi.

Shuningdek