Özbekistonning taşkilotga a’zo bölişi yillar emas, balki oylar masalasidir — JST vakili

eʼlon qilindi
Prezident administratsiyasi boş inspektori Iskandarbek Ğenjaev 2026-yil oxirigaça barça oçiq masalalarni hal qilişni maqsad qilganini ta’kidladi
Foto: Kursiv Uzbekistan

Özbekiston Jahon savdo taşkiloti (JST)ga a’zo böliş jarayonining yakuniy bosqiçiga yaqinlaşdi. Özbekistonning JSTga a’zolik böyiça İşçi guruh raisi Song-Ye Çoy mazkur jarayonni optimistik baholadi. Bu haqda 3-noyabr kuni Toşkentda Özbekistonning JSTga a’zo böliş jarayonining joriy holati va navbatdagi vazifalariga bağişlangan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deya Kursiv Uzbekistan muxbiri xabar berdi.

Tadbirda JSTga a’zolik böyiça İşçi guruh raisi Song-Ye Çoy, JST Kotibiyatining A’zolik bölinmasi direktori Mayka Oşikava, Prezident administratsiyasi boş inspektori Iskandarbek Ğenjaev qatnaşdi.

Ikki tomonlama muzokaralar 99 foizga yakunlangan

Foto: Kursiv Uzbekistan

Özbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi boş inspektori Iskandarbek Ğenjaevning aytişiça, sönggi yillarda JSTga a’zolik jarayoni töliq qayta körib çiqildi. Idoralararo komissiya va muzokaralar guruhi yangilanib, prezidentning JST masalalari böyiça maxsus vakili lavozimi joriy etildi.

«Mazkur taşkilotga a’zolik jarayoni töliq qayta körib çiqildi. JST bilan işlaş böyiça idoralararo komissiya va muzokaralar guruhi tarkibi yangilandi, prezidentning JST masalalari böyiça maxsus vakili lavozimi joriy etildi. Mas’ul vazirlik va idoralarda, şu jumladan, Adliya vazirligida JSTga bağişlangan boşqarma va bölimlar taşkil etildi. Şu işlar natijasida hozirga qadar 200 dan ortiq qonunçilik hujjati JST bitimlari, qoidalari va tamoyillariga muvofiqlaştirildi», – dedi Iskandarbek Ğenjaev.

2023-yilgaça a’zolik böyiça beşta İşçi guruh yiğilişi ötkazilgan bölsa, 2023-yildan buyon yana sakkizta yiğiliş ötkazildi. Şundan ikkitasi 2026-yil hissasiga töğri keladi.

«Bu yilning özida ikki marta İşçi guruh yiğilişi ötkazildi. Faqat şu yilning özida 400 dan ortiq savollarga javob berdik, 30 dan ziyod söralgan hujjatlarni taqdim etdik», – dedi Ğenjaev.

Uning aytişiça, 2026-yil boşida Özbekiston bilan ikki tomonlama muzokara boşlaşga yana qöşimça davlatlar qiziqiş bildirgan. Hozir ular bilan ham kelişuvlar deyarli yakunlangan va asosiy e’tibor köp tomonlama muzokaralarga qaratilgan.

JST vakili Song-Ye Çoy esa tovarlar tariflari va xizmatlar bozori böyiça ikki tomonlama muzokaralar 99 foizga yakunlanganini bildirdi.

«JSTga a’zo davlatlar bilan tariflar va xizmatlar böyiça ikki tomonlama muzokaralar 99 foizga, deyarli yakunlandi. Faqat yakuniy tafsilotlarni hal qiliş qoldi», – dedi JST vakili.

Bu qiziq: Saida Mirziyoyeva JST rahbari bilan Özbekistonning a’zolik jarayonini muhokama qildi

A’zolik barça JST davlatlarining roziligini talab qiladi

Ğenjaev a’zolik jarayonining çözilişiga konsensus tamoyili ham ta’sir qilişini ta’kidladi.

«Jahon savdo taşkilotiga a’zolik konsensus asosida böladi, ya’ni a’zo davlatlarning har biri sizning a’zoligingizga rozi bölişi kerak. 166 ta davlat a’zo bölsa, bittasi qarşilik qilsa ham a’zolik jarayoni tugamaydi», – dedi u.

Uning sözlariga köra, muzokaralar davomida a’zo davlatlar qöşimça savollar yoki yangi majburiyatlarni ilgari surişi mumkin. Bunday holatda Özbekiston öz milliy manfaatlarini himoya qilgan holda pozitsiyasini şakllantiradi, bu esa qöşimça vaqt talab qilişi mumkin.

Eksport tartibi va davlat korxonalari huquqlari özgardi

A’zolik jarayonida tashqi savdoni liberallaştiriş va ayrim davlat korxonalarining eksklyuziv huquqlarini bekor qilişga qaratilgan islohotlar ham amalga oşirilgan.

Ğenjaevning aytişiça, avval ruxsatnoma asosida eksport qilinadigan mahsulotlar röyxati mavjud bölgan. Keyin bu tartib bekor qilinib, uning örniga şaffof eksport bojlari mexanizmi joriy etilgan.

«Avvallari ruxsatnoma asosida eksport qilinadigan mahsulotlar röyxati bor edi. Mazkur röyxat bekor qilindi va şaffof, oçiq eksport bojlari mexanizmi joriy etildi. Ya’ni Özbekistondan uşbu tovarlarni olib çiqiş uçun tegişli bojni tölab, ularni eksport qiliş imkoniyati yaratildi», – dedi Prezident administratsiyasi vakili.

Şuningdek, 2024-yilda yirik davlat korxonalarining ayrim eksklyuziv huquqlari bekor qilingan. Elektr va gazning ulgurji hamda çakana savdosi, ikkilamçi va rangli metallar savdosida import-eksport operatsiyalarida xususiy sektor iştiroki uçun imkoniyatlar kengaytirilgan.

Şuningdek, öqing: Jahon sanoatida siljiş: 20 yilda yetakçilar reytingi özgardi

«A’zolik endi yillar emas, oylar masalasi»

Foto: Kursiv Uzbekistan

JSTga a’zolik böyiça İşçi guruh raisi Song-Ye Çoy Özbekistonning taşkilotga qöşiliş jarayoni 1994-yilda boşlanganini eslatdi.

«Özbekistonning Jahon savdo taşkilotiga a’zo böliş jarayoni 1994-yilda boşlangan. Şuning uçun bu uzoq davom etgan jarayon böldi. 2020-yilda muzokaralar qayta tiklangunga qadar uzoq davom etgan harakatsizlik davri ham kuzatildi», – dedi u.

Çoyning aytişiça, 2020-yilda muzokaralarning qayta tiklanişi Prezident Şavkat Mirziyoyevning iqtisodiy islohotlari va JSTga a’zo bölişga qaratilgan siyosiy irodaning kuçayişini aks ettirgan.

JST tomoni hozirgi bosqiçni ança optimistik baholadi.

«Umuman olganda, Özbekiston marraga juda yaqin. Uning a’zo bölişi endi yillar emas, balki oylar masalasidir. Muzokaralar davom etayotgani uçun aniq vaqt jadvali noaniq, çunki yakuniy bosqiç har doim murakkab. Umid qilamizki, hamma narsa şu yil oxirida yoki kelasi yil boşida hal qilinadi», – dedi JST vakili.

2026-yil oxirida nima yakunlanişi kerak?

Özbekiston tomoni 2026-yil oxirigaça barça oçiq masalalarni hal qilişni maqsad qilgan. Biroq bu sana avtomatik ravişda mamlakatning JSTga tölaqonli a’zo böliş sanasini anglatmaydi. Muzokaralar tugagandan söng masala JST Bosh kengaşi kun tartibiga kiritiladi va a’zo davlatlar Özbekistonning qabul qilinişi böyiça ovoz beradi. Barça tomonlarning roziligidan keyin a’zolik böyiça bildirişnoma beriladi.

Şundan söng Özbekistonning özida ham tegishli ratifikatsiya jarayoni amalga oşirilişi kerak.

«Biz 2026-yil oxirigaça barça oçiq masalalarni hal etişni maqsad qilganmiz. Muzokaralar yakunlangandan keyin masala JST Bosh kengaşi kun tartibiga qöyiladi. Barça davlatlar rozi bölib ovoz bergandan keyin Özbekistonning a’zolikka qabul qilinişi böyiça bildirişnoma beriladi. Keyin tegishli ratifikatsiya jarayoni amalga oşiriladi», – dedi Ğenjaev.

Avvalroq Şavkat Mirziyoyev Jahon bojxona taşkiloti boş kotibi bilan JSTga a’zolikni muhokama qilgani haqida xabar berilgan edi.

Shuningdek