Qidiruvdan taşrifgaça: Yandex Maps biznesga mijozlarni jalb qiliş kanaliga aylanmoqda

Foydalanuvçi kafe, gözallik saloni yoki avtomobil servisiga qanday tanlov asosida boradi? Xarita orqali turli joylarni qidiradi, şarhlar, narxlar va fotosuratlarni soliştiradi. Köpinça esa boşqa foydalanuvçilar işonç bildirgan joylarni tanlaydi.
Bunday joylarni foydalanuvçilarga osonroq tanitiş uçun Yandex Maps Özbekistonda ilk bor foydalanuvçilar tomonidan, ayniqsa, qadrlanadigan kompaniyalar uçun Good Place mukofotini joriy etmoqda.
Yandex Maps mijozning tanlov jarayonida qanday örin tutişi, biznes özining potensial mijozlari e’tiborini qanday jalb qilişi va Good Place mukofotini oliş uçun hozirdanoq nimalar qiliş mumkinligini körib çiqamiz.
Özbekiston uçun bu ssenariy allaqaçon asosiy vazifaga aylangan. Sönggi ma’lumotlarga köra, bugun mamlakat aholisining 94,2 foizi internetdan foydalanadi – 2021 yilda bu körsatkiç 76,6 foizni taşkil etgan. Şu bilan birga, xizmatlar bozori ham ösib bormoqda: 2026 yil yanvar – iyul oylarida uning hajmi ötgan yilning şu davridagiga nisbatan 16,7 foizga oşdi. Savdo, yaşaş va ovqatlaniş xizmatlari aylanmasi esa 15,1 foizga ösdi.
Şu bilan birga, tavsiyalarning kompaniya tanloviga ta’siri ham özgarmoqda. Endi taniş-bilişlarning maslahatiga yuzlab boşqa mijozlarning internetda qoldirgan taassurotlari ham qöşilmoqda. Reyting va şarhlar taşrifdan oldin kompaniya haqida tasavvur hosil qiliş, boşqa mijozlarning fikrini biliş va bir neçta mos variantni soliştiriş imkonini beradi.
Odamlar boşqa taşrif buyuruvçilarning tajribasi asosida taşkilotlarni tanlaydigan maydonlardan biri geoxizmatlar böldi. Masalan, Yandex Maps orqali yaqin atrofdagi qahvaxona, barberşop yoki stomatologiyani topiş, ular haqida ma’lumot oliş, keyin esa qönğiroq qiliş yoki marşrut tuziş mumkin.
Yandex Maps ma’lumotlariga köra, Özbekistonda xizmatdan foydalanuvçilar soni 4,9 milliondan oşgan, sentabr oyida esa kunlik foydalanuvçilar soni ilk bor 1 milliondan oşdi. Bunda har ikki foydalanuvçidan biri har kuni Maps orqali taşkilotlar va joylarni izlaydi.

Yandex ma’lumotlariga köra, taşkilotlar böyiça sörovlarning 60 foizdan ortiği aynan kategoriya va xizmat turlariga töğri keladi. Har kuni Yandex Maps’da ovqatlaniş, dam oliş, soç oldiriş va boşqa maqsadlar uçun joylarni izlaş böyiça 1 milliondan ortiq sörovlar amalga oşiriladi.
Turkumlar böyiça qidiruv kiçik kompaniyalarga hali ular haqida bilmaydigan odamlarning e’tiborini jalb qilişga yordam beradi. Masalan, «yaqin atrofdagi qahvaxona» söroviga köra, foydalanuvçi yirik tarmoq muassasasini ham, ilgari eşitmagan mahalliy qahvaxonani ham körişi mumkin. Suratlar, yangilangan menyu va profildagi şarhlar esa unga yangi joy bilan tanişiş va u yerga boriş yoki bormaslikni hal qilişga yordam beradi.
Nega xaritalar mijozlarni jalb qiliş kanaliga aylanmoqda
Raqamli vitrina — foydalanuvçi istagan paytda oçiq
Yandex Maps’dagi kompaniya profilini biznesning öz sayti yoki ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga qiyoslaş mumkin: bu yerda kompaniya, uning tovar va xizmatlari haqidagi asosiy ma’lumotlar, fotosuratlar, narxlar, şarhlar va aloqa ma’lumotlari jamlangan. Bunda profil uçun doimiy ravişda yangi kontent tayyorlaş talab etilmaydi. Kompaniya profilini bir neça daqiqada bepul yaratiş mumkin. Şundan söng ma’lumotlarni muntazam yangilab boriş va mijozlar fikr-mulohazalariga javob beriş kifoya.
Tadbirkor kundalik iş bilan band bölgan paytda ham potensial mijoz asosiy savollariga mustaqil ravişda javob topişi mumkin: kompaniya nimani taklif qiladi, narxlar qança, qaçon işlaydi va u bilan qanday boğlaniş mumkin. Agar taklif mos kelsa, şu yerning özida saytga ötiş, qönğiroq qiliş yoki yönaliş tuziş mumkin.
Bitta profil — bir neçta muloqot nuqtasi
Kompaniya haqidagi ma’lumotlar nafaqat Yandex Maps’da, balki millionlab özbekistonliklar foydalanadigan Yandex Search, Navigator va Yandex Go xizmatlarida ham körinadi. Şuning uçun foydalanuvçi bir kompaniyaga turli vaziyatlarda duç kelişi mumkin: masalan, uni Yandex Search yoki Yandex Maps orqali izlaydi, keyin esa Yandex Navigator’da oçib, marşrut tuzadi.
Tadbirkor kompaniya haqidagi ma’lumotlarni şaxsiy kabinet orqali yagona joydan boşqarişi va yangilaşi mumkin.
Mahalliy xususiyatlarni hisobga olgan holda
Yandex Maps Özbekistonga nafaqat interfeys tili jihatidan, balki xizmatning özi böyiça ham moslaştirilmoqda. Masalan, yozda Toşkentda piyoda marşrutlarni soya va daraxtlar sonini hisobga olgan holda tuzişga yordam beradigan «yaşil marşrutlar» paydo böldi. Bu, ayniqsa, issiq kunlarda dolzarb.
Şuningdek, yozda issiq havoda taşrif buyuriş mumkin bölgan joylar jamlanmasi paydo böldi. Ularda sovuq şörvalarni tatib köriş, muzqaymoq yeyiş yoki şunçaki salqinlaş mumkin bölgan muassasalar jamlangan.

Biznes uçun bunday jamlanmalar kompaniyani foydalanuvçilarga körsatişning yana bir imkoniyatidir. Inson muayyan muassasani emas, balki öz ehtiyojining yeçimini izlayotgan bölişi mumkin, masalan, nonuşta qiliş, keçqurun dam oliş yoki iş uçraşuvi ötkaziş uçun joy qidiradi. Şunda u tavsiyalar orasida öziga mos variantlarni körişi mumkin.
Alohida reklama budjeti bölmasdan boşlaş mumkin
Kompaniyaning Yandex Maps’da körinişi uçun reklama sotib oliş şart emas. Buning uçun profil yaratiş va asosiy ma’lumotlarni kiritiş kifoya. Şundan söng profil kategoriya va xizmatlar böyiça qidiruv natijalarida körinişi va tavsiyalarda paydo bölişi mumkin.
Yandex Maps bilan işlaşni qanday boşlaş mumkin

1. Profilni topiş yoki yaratiş
Avvalo, kompaniya Yandex Maps’da bor-yöqligini tekşiriş kerak. Agar kompaniya profili Yandex Maps’da hali mavjud bölmasa, uni şaxsiy kabinet orqali qöşiş mumkin. Bunda taşkilot nomi, faoliyat turi, manzili, iş vaqti va aloqa ma’lumotlarini körsatiş kerak.
Amalda bu bir neça qadamdan iborat. Avvalo, Yandex Maps’ni ilova yoki sayt orqali oçib, kompaniya profilini topiş kerak. Keyin uni oçib, «Siz uşbu taşkilot egasimisiz?» tugmasini bosiş lozim. Şundan söng verifikatsiya jarayonidan ötiş kerak böladi. Bu profilni, haqiqatan ham, biznes vakili boşqarişini tasdiqlaydi.
2. Profilni töldiriş
Joy va mahsulotlarning fotosuratlari, assortiment va xizmatlar tavsifi, dolzarb narxlar, şuningdek, sayt va ijtimoiy tarmoqlarga havolalar mijozga taşrifdan oldin kompaniya haqida köproq ma’lumot olişga yordam beradi.
Kompaniyaga bölgan huquq tasdiqlanib, majburiy bölimlar töldirilgandan söng biznes profilida kök rangli «Ma’lumot egasi tomonidan tasdiqlangan» belgisi paydo bölişi mumkin. Belgi faol holda qolişi uçun ma’lumotlarni kamida har uç oyda bir marta tekşirib turiş kerak.
3. Şarhlarni yiğish va ularga javob beriş
Taşrifdan keyin xodimlar mijozlarga öz taassurotlari bilan bölişiş imkoniyati borligini eslatişi mumkin. Şarhlar yangi foydalanuvçilarga boşqa mijozlar tajribasini baholaş va kompaniyani boşqa variantlar bilan soliştirişga yordam beradi.
Şaxsiy kabinet orqali taşkilot haqida fikr-mulohaza qoldiriş sahifasiga bevosita olib boruvçi QR-kodni ham bepul yuklab oliş mumkin. Uni kassa yoniga yoki administrator peştaxtasiga joylaştiriş mumkin.
Ijobiy şarhlarga ham, tanqidiy fikrlarga ham javob beriş muhim. Potensial mijoz kompaniyaning faqat bahosini emas, balki uning fikr-mulohazalarga qanday munosabat bildirişini ham köradi.
4. Statistikani kuzatib boriş
Körişlar soni foydalanuvçilar kompaniya profilini qançalik tez-tez oçişini körsatadi. Ammo biznes uçun keyingi harakatlar ham muhim: qönğiroqlar, saytga ötişlar va tuzilgan marşrutlar. Uşbu körsatkiçlar şaxsiy kabinetda mavjud bölib, kompaniyaga bölgan qiziqişni va uning vaqt ötişi bilan qanday özgarayotganini kuzatiş imkonini beradi.
5. Good Place — sevimli joylar uçun mukofot
2027-yilda Yandex Maps Özbekistonda taşkilotlarni ilk bor Good Place mukofoti bilan taqdirlaydi. Uni foydalanuvçilar yuqori baholaydigan, şarhlarda maqtaydigan va boşqalarga tavsiya qiladigan joylar qölga kiritadi.
Good Place mukofotini xizmat bilan boğliq 100 dan ortiq biznes kategoriyasidagi kompaniyalar olişi mumkin. Ular orasida kafe va restoranlar, qahvaxonalar, mehmonxonalar, gözallik salonlari, fitnes-klublar, tibbiy va ta’lim markazlari, avtoservislar hamda boşqa taşkilotlar bor.
Mukofotni oliş uçun kompaniya Yandex Maps’da tasdiqlangan va dolzarb profilga ega bölişi, reytingi esa 4,5 dan past bölmasligi kerak. Alohida ariza topşiriş talab etilmaydi.
Yandex Maps mijoz yölining bir qismiga aylanmoqda
Oflayn biznes uçun tanlov jarayoni tobora köproq fizik taşrifdan oldin boşlanmoqda. Inson ehtiyojini aniqlaydi, mos variantlarni izlaydi, ularni soliştiradi va şundan keyingina qayerga boriş yoki kimga qönğiroq qiliş haqida qaror qabul qiladi. Yandex Maps’dagi profil esa qidiruvdan aniq harakatgaça bölgan jarayonning turli bosqiçlarida hamroh böladi. Foydalanuvçi kompaniyani boşqa variantlar orasidan topişi, kerakli ma’lumotni olişi, u bilan boğlanişi yoki darhol marşrut tuzişi mumkin.
Şuning uçun biznes uçun kompaniyani xaritaga qöşişning özi yetarli emas. Profildagi ma’lumotlarni doim dolzarb holda saqlaş, şarhlar bilan işlaş va foydalanuvçilar kompaniya bilan qanday özaro munosabat qilayotganini kuzatib boriş muhim.
Şunda xaritadagi kompaniya profili mijoz uçun odatiy yölning bir qismiga – birinçi qidiruvdan taşrifgaça bölgan jarayonning raqamli nuqtasiga aylanadi.