Samsung 31 yilda ilk bor smartfon bozori yetakçisiga aylandi

3-noyabr 2026 12:30 eʼlon qilindi

(3-noyabr 2026 19:06 yangilandi)
Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Samsung Galaxy S26 Ultra narxi qimmatlashmoqda
Manba: Samsung

Samsung Afrika bozoriga kirganidan 31 yil ötib, ilk bor qit’adagi smartfonlar bozorida yetakçiga aylandi. 2026-yilning ikkinçi çoragida kompaniya qurilma yetkazib beriş hajmi va tuşum böyiça birinçi örinni egalladi, deb xabar berdi Mydrivers.

Ma’lumotlarga köra, Samsung 2026-yilning birinçi çoragidayoq Afrikada smartfonlardan olinadigan tuşum böyiça yetakçilik qilgan.

Ikkinçi çorakda esa kompaniya nafaqat tuşum, balki yetkazib berilgan smartfonlar soni böyiça ham birinçi öringa çiqdi.

Bu davrda Afrikadagi umumiy smartfon bozori yillik hisobda 16,6 foizga qisqargan. Samsung yetkazib beriş hajmi esa aksinça, 34,8 foizga oşgan.

Samsung ulüşi 38,7 foizga yetişi mumkin

Prognozga köra, 2026-yil yakunida Samsung Afrika smartfon bozori tuşumining 34,5 foizini va umumiy yetkazib berişning 38,7 foizini egallashi mumkin.

Kompaniyaning sotilgan qurilmalar soni böyiça bozor ulüşi 2024-yildagi 22,4 foizdan 2025-yilda 26,5 foizga yetgan. 2026-yilda esa bu körsatkiç 38,7 foizgaça oşişi mumkin. Şu tariqa ikki yil içida Samsung’ning bozor uluşi 16,3 foizga oşişi kutilmoqda.

Samsung Afrikadagi mashhur brendlardan biri

Brand Africa 100 tadqiqotining 2026-yilgi natijalariga köra, Samsung Afrika iste’molçilari eng köp afzal köradigan brendlar orasida uçinçi örinni egallagan.

Kompaniya faqat Nike va Adidas’dan ortda qolgan, smartfon işlab çiqaruvchilar orasida esa birinçi örinni egallagan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Samsung $80,5 mlrd foyda bilan rekord örnatgani haqida xabar berilgandi. Bu kompaniya tarixidagi eng yuqori çoraklik körsatkiçdir. Samsung’ning tuşumi esa 195,3 trln von (qariyb $146,5 mlrd)ga yetdi.

Shuningdek