UzAuto Motors foydasi 47 foizga kamaydi

3-noyabr 2026 16:06 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Chevrolet Cobalt
Foto: Kursiv Uzbekistan

UzAuto Motors 2026-yilning yanvar – sentabr oylarida 1,87 trln söm sof foyda oldi. Bu ötgan yilning mos davridagiga nisbatan 46,9 foizga kam. 2025-yilning dastlabki töqqiz oyida kompaniya sof foydasi 3,52 trln sömni taşkil qilgan.

Kompaniyaning töqqiz oylik tuşumi 30,12 trln sömni taşkil etdi. Bir yil avval bu körsatkiç 34,71 trln söm edi. Şu tariqa tuşum qariyb 13,2 foizga kamaygan.

Yalpi foyda ham 4,10 trln sömdan 2,94 trln sömgaça qisqardi. Bu 28 foizdan ortiq pasayişni anglatadi.

Operatsion foyda ikki barobardan köp kamaydi

UzAuto Motors’ning operatsion faoliyatdan olgan foydasi 2025-yil yanvar – sentabrdagi 2,96 trln sömdan 2026-yilning mos davrida 1,30 trln sömgaça kamaygan.

Hisobotga köra, moliyaviy faoliyatdan olingan daromad 879,3 mlrd sömdan 1,20 trln sömga oşgan. Şunga qaramay, hisobot davridagi sof foyda 1,87 trln sömni taşkil etdi.

Işlab çiqariş körsatkiçlariga qaralsa, barça modellarda pasayiş kuzatilmagan. Eng ommabop model – Chevrolet Cobalt işlab çiqarilişi 2025-yil yanvar – sentabrdagi 116 ming donadan 2026-yilning mos davrida 120,7 ming donaga oşgan. Onix 22,6 mingtadan 27,2 mingtaga, KIA 19,6 mingtadan 24,8 mingtaga, Chery 6,9 mingtadan 7,2 mingtaga, Haval 6,2 mingtadan 6,9 mingtaga va BYD 13,7 mingtadan 26,7 mingtaga köpaygan. Şu bilan birga, Tracker işlab çiqarilişi 34,2 mingtadan 34 mingtagaça biroz kamaygan, Damas esa 67,8 mingtadan 63,4 mingtagaça qisqargan. Biroq bu davrda yangi Chevrolet Damas Move modeli işlab çiqarila boşlandi va yanvar – sentabr oylarida undan 2,1 ming dona tayyorlandi. TANK 500 işlab çiqarilişi esa 47 donadan atigi 2 donagaça tuşgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq UzAuto Motors ijtimoiy tarmoqlarda Chevrolet Cobalt, Tracker, Onix va Damas avtomobillari boshlanğiç tölovsiz sotilayotgani haqidagi xabarlarni rad etgandi. Kompaniyaga köra, uşbu ma’lumotni tarqatgan şaxs UzAuto Motors yoki uning dilerlik tarmoğiga aloqador emas.

Shuningdek