
Özbekistonda Chevrolet Cobalt avtomobilini 30 foiz boşlanğiç badal bilan 12 oyga foizsiz xarid qiliş imkoniyati yaratildi. Biroq avtomobilni bank orqali olişda 10 mln sömlik çegirma amal qilmaydi. Bu haqda UzAuto Motors kompaniyasining rasmiy xabarida ma’lum qilindi.
UzAuto Motors va Asakabank hamkorligidagi yangi dasturga köra, Chevrolet Cobalt uçun foizsiz muddatli tölovning boşlanğiç badali avvalgi 65 foizdan 30 foizga tüşirildi.
Oylik tölov qança böladi?
Chevrolet Cobalt Style MCM avtomobilining narxi 156,1 mln sömni taşkil etadi. Xaridor dastlab 46,83 mln söm tölab, qolgan mablağni 12 oy davomida har oy 9,1 mln sömdan tölaşi mumkin.
Cobalt Midnight MCM versiyasining narxi esa 165,2 mln söm. Uşbu avtomobil uçun 30 foizlik boşlanğiç badal 49,56 mln sömni, oylik tölov esa 9,64 mln sömni taşkil etadi.
Autostrada.uz ma’lumotiga köra, boşlanğiç badal 40 foizga yetkazilsa, foizsiz tölov muddati 14 oygaça uzayadi. Bunda Style MCM uçun har oy 6,69 mln sömdan tölanişi kerak.
Şuningdek, Asakabank orqali Cobalt avtomobilini 20 foizdan 65 foizgaça boşlanğiç badal bilan 12 – 60 oy muddatga kreditga oliş mumkin. Bunda yillik foiz stavkasi tanlangan şartlarga qarab 0 foizdan 15 foizgaça özgaradi.

Foizsiz tölovda 10 mln sömlik farq nimadan kelib çiqadi?
UzAuto Motors 30-sentabr kuni Chevrolet Cobalt Style MCM uçun 10 mln sömlik çegirmani qayta e’lon qilgan edi. Unga köra, avtomobilning narxi 156,1 mln sömdan 146,1 mln sömga tuşirilgan.
Biroq kompaniya belgilagan şartlarga köra, çegirma faqat avtomobil qiymati töliq tölanganda amal qiladi. Bank krediti orqali xarid qilingan avtomobillarga u tatbiq etilmaydi.
Şunday qilib, Style MCM avtomobilini foizsiz muddatli tölov asosida olgan xaridor jami 156,1 mln söm tölaydi. Bu töliq tölov uçun e’lon qilingan çegirmali narxdan 10 mln sömga köp.
Mazkur farq kredit foizi sifatida emas, balki töliq tölovda taqdim etiladigan çegirmaning qöllanmasligi hisobiga yuzaga keladi.
Şu bilan birga, UzAuto Motors 3-noyabr kuni Kapitalbank orqali Cobalt avtomobilini 25 foiz boşlanğiç badal bilan 12 oyga foizsiz xarid qiliş mumkinligini ham e’lon qildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Chevrolet Cobalt avtomobillarining işlab çiqarilişi hamda sentabr oyidagi sotuv natijalari haqida yozgan edi.