Rossiya Özbekistonga qarşi SSSR formasida öynaydimi

Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya futbol terma jamoasi noyabr oyida SSSR terma jamoasining 1950 – 1970-yillardagi liboslari uslubida tayyorlangan retro formada maydonga tuşişi haqida xabarlar tarqaldi. Forma 12-noyabr kuni Toşkentda Özbekistonga qarşi öyinda emas, 17-noyabr kuni Venesuelaga qarşi uçraşuvda kiyiladi. Bu haqda RFU rasmiy sayti xabar berdi.
Rossiya futbol ittifoqi (RFU) 3-noyabr kuni retro forma aynan Venesuelaga qarşi öyinda işlatilişini ma’lum qildi. Uçraşuv Krasnodardagi «Ozon Arena» stadionida bölib ötadi.
Yangi forma sovet futbol terma jamoasining 1950 – 1970-yillardagi liboslari asosida tayyorlangan. Undan foydalaniş Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) bilan kelişilgan.
Forma Nikita Simonyan xotirasiga bağişlanadi
Retro libos 2026-yilda tavalludining 100 yilligi nişonlanayotgan sobiq futbolçi Nikita Simonyan xotirasiga bağişlangan. U 1956-yilda Melburnda ötkazilgan Olimpiya öyinlarida SSSR terma jamoasi safida oltin medalni qölga kiritgan.
Simonyan 2025-yil 23-noyabrda 99 yoşida vafot etgan. U Moskvaning «Spartak» klubi tarixidagi eng yaxşi töpurarlardan biri bölib, jamoa safida 160 ta gol urgan.
Rossiya Özbekistonga qarşi qaçon öynaydi
Özbekiston terma jamoasi noyabr oyidagi xalqaro tanaffusda ikkita örtoqlik uçraşuvi ötkazadi. Dastlab 12-noyabr kuni Toşkentda Rossiya bilan bahs olib boradi. Keyin esa 17-noyabr kuni Saudiya Arabistoni bilan öynaydi.
RFU ma’lumotiga köra, retro forma faqat Venesuelaga qarşi uy uçraşuvida kiyiladi. Şu sababli Rossiya terma jamoasining Toşkentdagi öyinda SSSR uslubidagi libosda maydonga tuşişi haqidagi taxminlar tasdiqlanmadi.
Avvalroq Özbekiston futbol assotsiatsiyasi (ÖFA) milliy terma jamoa boş murabbiyi Fabio Kannavaro lavozimini tark etişi mumkinligi haqidagi xabarlarni rad etgandi.