6 – 7 va 9 – 11-noyabr kunlari 9 viloyatda sel xavfi bor
eʼlon qilindi

6 – 7 va 9 – 11-noyabr kunlari kutilayotgan yomğirlar sabab Özbekistonning toğoldi va toğli hududlarida sel va suv toşqinlari yuzaga kelişi mumkin. Özgidromet 9 ta viloyatning qator tumanlarida ehtiyotkorlik çoralarini körişni söradi.
Qaysi hududlarda sel xavfi mavjud
- Qaşqadaryo viloyatida Yakkaboğ, Dehqonobod, Çiroqçi, Kitob, Şahrisabz, Qamaşi va Ğuzor tumanlarida sel xavfi mavjud.
- Surxondaryoda Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Şerobod, Şörçi, Qumqörğon va Muzrabot tumanlari xavfli hududlar qatoriga kiritilgan.
- Samarqand viloyatida Urgut, Samarqand, Bulunğur, Nurobod, Qöşrabot, Kattaqörğon, Payariq, Jomboy va Iştixon tumanlarida sel-suv toşqinlari yuzaga kelişi mumkin.
- Navoiy viloyatida Xatirçi, Navbahor, Nurota, Konimex va Karmana tumanlari, Jizzax viloyatida esa Zomin, Baxmal, Ğallaorol, Şarof Raşidov, Foriş va Yangiobod tumanlarida xavf mavjud.
- Toşkent viloyatida Ohangaron, Böstonliq, Parkent, Piskent, Örta Çirçiq va Yuqori Çirçiq tumanlari, şuningdek, Angren va Olmaliq şaharlarida sel-suv toşqinlari kuzatilişi mumkin.
- Namangan viloyatida Pop, Kosonsoy, Çortoq, Çust, Namangan va Yangiqörğon tumanlari, Farğonada Söx, Şohimardon, Farğona va Beşariq tumanlari ogohlantirilgan.
- Andijon viloyatida Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qörğontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xöjaobod va Marhamat tumanlari hamda Xonobod şahrida ham sel xavfi mavjud.
Ayrim hududlarni suv bosişi mumkin
Özgidromet toğoldi va toğli hududlarda yaşaydigan fuqarolar, dam oluvçilar hamda toğli hududlarda harakatlanayotgan haydovçilarni ehtiyotkor bölişga çaqirdi.
Kuçli yomğirlar natijasida ayrim joylarda yomğir suvlari töplanişi va hududlarni suv bosişi ehtimoli ham mavjud.
Eslatib ötamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan 6-noyabrda ayrim hududlarda yomğir, toğlarda esa qor yoğişi haqida xabar bergandi.