
General Motors ayrim Chevrolet Blazer EV elektromobillarini dasturiy ta’minotdagi nosozlik sabab çaqirib olmoqda. GM Authority’ga köra, muammo past tezlikda harakatlanayotganda tormozning vaqtinça işlamay qolişiga olib kelişi mumkin.
Muammo qaysi avtomobillarda aniqlandi
Nosozlik 2024 – 2027-yillarda işlab çiqarilgan va Performance All-Wheel Drive töliq tortiş tizimiga ega Chevrolet Blazer EV avtomobillariga taalluqli.
Muammo tormoz tizimini boşqaruvçi modul dasturiy ta’minoti bilan boğliq. GM ma’lumotiga köra, avtomobil past tezlikda keskin burilayotgan vaqtda haydovçi tormozni yengil bosib, maşina notekislikdan ötsa, tizim ğildirak harakatini notöğri talqin qilişi mumkin.
Agar haydovçi tormozni qisqa muddatga qöyib yuborib, yana bossa, vaqtinça tormoz yöqolişi yuzaga kelişi ehtimoli bor. Tormoz pedalini yana bosganda tizim normal işlaşni davom ettiradi.
20 ta kiçik YTH qayd etilgan
GM mazkur muammo bilan boğliq bölişi mumkin bölgan 24 ta murojaatni qayd etgan.
Ular orasida 20 ta yengil yöl-transport hodisasi va ikki holatda yengil tan jarohati olgani haqidagi murojaatlar bor. Nosozlik avariya xavfini oşirişi mumkin.
Muammo dasturiy yangilaniş orqali bartaraf etiladi
General Motors tormoz tizimini boşqaruvçi modul dasturini bepul yangilaydi. Yangilaniş ayrim avtomobillarga masofadan turib yuboriladi yoki Chevrolet dilerlik markazida örnatiladi.
Avtomobil egalariga rasmiy bildiriş xatlari 2026-yil 14-dekabrdan yuborilişi rejalaştirilgan.
Çaqirib oliş kampaniyasi Chevrolet Blazer EV va ayrim Cadillac elektromobillarini hisobga olganda jami 67,4 mingta avtomobilni qamrab oladi.
Eslatib ötamiz, yangi Chevrolet Corvette modellari qança turişi haqida xabar berilgandi. Xaridorlarga oltita asosiy model – Stingray, Grand Sport, Grand Sport X, Z06, ZR1 va ZR1X taklif etilmoqda. Ularning narxi $73,8 mingdan boşlanib, eng qimmat komplektatsiyada $248,7 mingga yetadi.