
Damas va Labo işlab çiqariş Cobalt, Onix va Tracker işlab çiqarişga qaraganda köproq foyda keltirdi. 2025-yil yakunlariga köra, Pitnakdagi zavod 190,1 mln dollar, Asakadagi korxona esa 171,4 mln dollar foyda kördi. Kompaniya import qilingan Chevrolet avtomobillarini sotişdan yana 8,3 mln dollar daromad oldi. Bu haqda «Avtostrada» naşri UzAuto Motors moliyaviy hisobotiga tayanib yozdi.
Qiziği, Asakadagi zavodning tuşumi Pitnakdagidan qariyb uç baravar köp bölgan. Asaka korxonasi 3,19 mlrd dollar, Pitnakdagi zavod esa 1,01 mlrd dollar tuşum olgan.
Biroq tuşumning foydaga aylanişi böyiça Pitnakdagi korxona ança samarali işlagan. Damas va Labo işlab çiqariladigan zavodda har 100 dollar tuşumdan 18,8 dollar foyda qolgan. Asakadagi korxonada esa bu körsatkiç atigi 5,4 dollarni taşkil etgan.
Bu yerda avtomobillarni işlab çiqariş va sotişdan olingan asosiy faoliyat foydasi nazarda tutilmoqda. Ya’ni foiz tölovlari, valyuta kursidagi özgarişlar va soliqlar hisobga olinmagan. UzAuto Motors’ning moliyaviy hisobotida zavodlar körsatkiçlari alohida keltirilgan.
UzAuto Motors zavodlari foydasi bir yilda qanday özgardi
2024-yilda Pitnakdagi zavod 219,1 mln dollar foyda körgan. Asakadagi korxonaning foydasi 52,7 mln dollarni, import qilingan Chevrolet avtomobillari savdosini ham qöşganda esa 78,3 mln dollarni taşkil etgan.
2025-yilda vaziyat özgardi. Asakadagi zavod foydasi 171,4 mln dollargaça oşdi, garçi uning tuşumi deyarli özgarmagan bölsa ham. Bunda avtomobillarni işlab çiqariş va sotiş bilan bevosita boğliq bölmagan boşqa daromadlar muhim rol öynadi. Ular bir yil içida 7,3 mln dollardan 64,6 mln dollargaça köpaydi.
Pitnakdagi zavodda esa tuşum oşganiga qaramay, foyda 219,1 mln dollardan 190,1 mln dollargaça kamaydi. Bunga sabab bölgan omillardan biri sotuv va boşqaruv xarajatlarining keskin oşişi böldi. Uşbu xarajatlar 50,4 mln dollardan 121 mln dollargaça yetdi.
Şu bilan birga, import qilingan Chevrolet avtomobillarini sotişdan tuşgan daromad ham qariyb uç baravar kamaydi. 2024-yilda 201,8 mln dollar bölgan körsatkiç 2025-yilda 66,5 mln dollarni taşkil etdi.
Damas va Labo zavodi 2026-yilning birinçi yarmida qança foyda kördi
2026-yilning yanvar–iyun oylarida Pitnakdagi zavod 73,5 mln dollar foyda oldi. Taqqoslaş uçun, Asakadagi zavod import yönalişi bilan birga şu davrda 60,9 mln dollar foyda körgan.
Biroq Damas va Labo işlab çiqarişning daromadlilik darajasi pasayişni boşlagan. 2025-yilning birinçi yarmida Pitnakdagi zavod har 100 dollar tuşumdan 21,8 dollar foyda olgan bölsa, 2026-yilning şu davrida bu körsatkiç 18,5 dollarga tuşgan.
Korxonaning ma’muriy va tijorat xarajatlari ham oşgan. 2026-yilning dastlabki olti oyida ular 25,2 mln dollardan 55 mln dollargaça köpaygan.
Avvalroq Rossiyaning «Za rulyom» avtomobil jurnali Özbekistonda işlab çiqarilgan Chevrolet Cobalt’ning 10 yillik ekspluatatsiyasi natijalarini e’lon qilgandi.