
Özbekiston milliy terma jamoasi boş murabbiyi Fabio Kannavaro noyabr oyidagi yiğinga jalb etilgan futbolçilar röyxatini e’lon qildi. Bu haqda ÖFA xabar berdi.
Bölajak örtoqlik uçraşuvlari

Yiğin doirasida Özbekiston milliy terma jamoasi Rossiya hamda Saudiya Arabistoniga qarşi xalqaro örtoqlik uçraşuvlarida iştirok etadi. Mazkur öyinlar orqali jamoa kelgusi yirik musobaqalarga tayyorgarlik köradi.
Husanovning holati
Noyabr oyidagi öquv-maşğulot yiğinida «Mançester Siti» a’zosi, himoyaçi Abduqodir Husanov iştirok etmaydi. Milliy terma jamoaning murabbiylari va tibbiy ştabi uning jismoniy holatidan kelib çiqib şunday qarorga kelgan. Maqsad – futbolçining tiklaniş jarayonlarini davom ettirişiga imkon yaratiş.
Şomurodov yiğinga keçikadi
Tarkibga va qaydnomaga kiritilgan hujumçi Eldor Şomurodov ham maşğulotlarga töliq vaqtda qöşila olmaydi. U oilaviy sabablarga köra yiğinning dastlabki kunlarini ötkazib yuborişi ma’lum qilingan.
Avvalroq Kursiv naşri Özbekiston 17-noyabr kuni Saudiya Arabistoniga qarşi öynaşi haqida xabar bergan edi.