Özbekistonga 10 oyda 533 mingdan ortiq iPhone olib kirildi

11-noyabr 2026 16:30 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Toşkent aeroportida 310 mln sömlik iPhone’lar uşlab qolindi
Foto: Husan Tangriyev Telegram kanali

2026-yilning yanvar–oktabr oylarida Özbekistonga qonuniy ravişda olib kirilgan iPhone smartfonlari soni 533 ming donadan oşdi. Ular böyiça davlat budjetiga 756,6 mlrd söm bojxona tölovlari undirilgan. Bu haqda 11-noyabr kuni Bojxona qömitasi hamda UzIMEI markazi mutasaddilari iştirokida ötkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda Kursiv uzbekistan muxbiri.

iPhone importi avvalgi yillarga nisbatan keskin oşdi

Qömita ma’lumotiga köra, 2023–2024-yillarda Özbekistonga yiliga örtaça atigi 10 ming dona iPhone rasman olib kirilgan.

Bojxona qömitasi va UzIMEI tizimlari örtasidagi axborot almaşinuvi kuçaytirilgaç, rasmiy import hajmi sezilarli oşgan. Natijada 2026-yilning dastlabki 10 oyida qonuniy olib kirilgan iPhone’lar soni 533 ming donadan oşgan.

Uşbu qurilmalar böyiça undirilgan bojxona tölovlari 756,6 mlrd sömni taşkil etib, bir yil oldingi şu davrga nisbatan 6,2 baravar oşgan.

2026-yilning 10 oyida Özbekistonga rasman olib kirilgan barça mobil qurilmalar soni 4,1 mln donaga yetgan. Bu 2025-yilning şu davriga nisbatan qariyb 1 mln dona köp.

Mobil qurilmalar importidan davlat budjetiga tuşgan bojxona tölovlari esa 2,1 baravar oşib, 2 trln sömni taşkil etgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent aeroportida telefonlarni bojxona rasmiylaştiruvi vaqtinça töxtatilgandi. Bojxona qömitasi bunga telefonlarning IMEI identifikatorlarini tekşiriş va ularning qonuniy olib kirilganini tasdiqlaş bilan boğliq ayrim masalalarga aniqlik kiritilişi zarurligini sabab qilib körsatdi.

Shuningdek