
2026-yil 16 – 23-dekabr kunlari erkaklar va ayollar örtasida Özbekiston çempionati — Oliy liga musobaqasi ötkaziladi. Özbekiston şaxmat federatsiyasining ma’lum qilişiça, turnirning umumiy mukofot jamğarmasi 500 mln sömni taşkil etadi.
Kimlar Oliy ligada öynaydi
Musobaqada 2025-yilgi Özbekiston çempionati Oliy ligasida 1 – 8-örinlarni egallagan şaxmatçilar, 2026-yilgi Birinçi ligada kuçli uçlikka kirganlar, şuningdek, 20 yoşgacha bölgan şaxmatçilar örtasidagi 2026-yilgi Özbekiston çempionlari qatnaşiş huquqiga ega.
Agar ularning ayrimlari 1-dekabrgacha iştirok etiş uçun ariza bermasa, böş örinlar qöşimça ariza topşirgan şaxmatçilar orasidan eng yuqori reyting egalari bilan töldiriladi.
Bunda 1-dekabr holatidagi reyting hisobga olinadi. Şaxmatçi faol reytingga ega bölişi va oxirgi 6 oyda xalqaro reytingga hisoblanadigan kamida 18 ta partiya öynagan bölişi kerak.
Çempionat Toşkent viloyatida ötkaziladi
Musobaqa Toşkent viloyatining Böstonliq tumanidagi Şafran dam oliş maskanida bölib ötadi. Çempionatda iştirok etiş huquqiga ega şaxmatçilar 1-dekabr soat 16:00 ga qadar Özbekiston şaxmat federatsiyasiga ariza bilan murojaat qilişi kerak.
Ğoliblar qancha oladi
Turnir erkaklar va ayollar örtasida alohida ötkaziladi. Har ikki yönalişda birinçi örin sohibiga 60 mln söm, ikkinçi öringa 50 mln söm, uçinçi öringa esa 40 mln söm mukofot beriladi. Şuningdek, har ikki toifada 12-öringaça bölgan iştirokçilar pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Avvalroq Total Chess reytingida Abdusattorov Sindarovdan yuqorilagani haqida xabar berilgan edi.