
Özbekistonda iPhone narxlarining pasayişiga import bojining kamaytirilişi, rasmiy trade-in tizimi va mobil operatorlar orqali bölib tölaş mexanizmlari yordam berişi mumkin. Bu haqda Apple’ning Özbekistondagi rasmiy distribyutori ASBIS Boş menejeri Dmitriy Tixomirov 11-noyabrdagi matbuot anjumanida ma’lum qildi, deya xabar berdi Kursiv Uzbekistan.
ASBIS vakilining aytişiça, Özbekistonda dekabr oyidan Apple qurilmalari uçun rasmiy trade-in tizimi işga tuşiriladi. Trade-in orqali xaridor eski smartfonini rasmiy savdo nuqtasiga topşirib, uning qiymatini yangi qurilma narxidan çegirişi mumkin.
«Dekabr oyidan Özbekiston bozorida ASBIS kompaniyasining rasmiy trade-in tizimi işga tuşadi», — dedi kompaniya vakili.
Uning aytişiça, bu mexanizm Apple tomonidan qöşimça moliyaviy qöllab-quvvatlaş imkonini ham yaratişi mumkin.
Şuningdek, öqing: Toşkent aeroportida telefonlarni bojxona rasmiylaştiruvi vaqtinça töxtatildi
Telefonni operator orqali bölib tölaş tizimi ham rejalaştirilmoqda
ASBIS mobil operatorlar bilan telefon narxini tarif rejasiga qöşib tölaş imkoniyatini yaratiş ustida ham işlayotganini ma’lum qildi.
Bunday modelda abonent telefonni birdaniga töliq narxda sotib olmaydi. Qurilma qiymati mobil aloqa xizmatlari bilan birga oyma-oy tölanadi. Kompaniya vakili bunday takliflar yaqin vaqtda paydo bölişi mumkinligini bildirdi.
Şuningdek, öqing: Arzon qurilmaga qimmat telefonning IMEI kodi kiritilgan — Bojxona qömitasi
Norasmiy import narxlarni keskin özgartirib turibdi
Bojxona qömitasi vakillarining fikriça, iPhone narxlarining Özbekistonda keskin özgarib turişiga norasmiy import uluşining yuqoriligi ham ta’sir qilmoqda.
Noqonuniy import kanali yopilganda bozorda vaqtinça taqçillik yuzaga kelişi va norasmiy sotuvçilardagi narxlar kötarilişi mumkin. Qömita rasmiy distribyutorlarda esa narxlar bunday keskin tebranişga uçramasligini ta’kidladi.
Şuningdek, öqing: Toşkent aeroportida telefonlar böyiça vaqtinça çeklov bekor qilindi
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston Jahon savdo taşkilotiga a’zo bölgandan söng mobil qurilmalar importiga bojxona boji stavkasi 0 foizga tuşirilişi haqida xabar berilgandi. Bojxona qömitasi vakilining aytişiça, JSTga a’zo böliş yuzasidan olib borilayotgan muzokaralarda Özbekiston boşqa davlatlar bilan tovarlar uçun boj stavkalarini kelişmoqda. Mobil qurilmalar böyiça import boji 0% miqdorida kelişilgan.