Andijonda elektr tarmoği xodimlari 2 ming dollar pora bilan uşlandi

Andijon tumanida elektr energiyasi böyiça hisoblangan zararni kamaytirib beriş evaziga $2 ming talab qilgan elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari uşlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti ma’lum qildi.
Departament ma’lumotiga köra, Andijon tumani elektr tarmoqlari korxonasining Kuyganyor bölimi boşliği örinbosari va bölim muhandisi özaro til biriktirgan.
Ular «Nohatak» MFY hududidagi umumiy ovqatlaniş şoxobçasida elektr hisoblagiçiga taşqi ta’sir körsatilgani yuzasidan tuzilgan dalolatnoma böyiça fuqaroning 400 mln söm zarar tölaşi mumkinligini aytgan.
Zararni 65 mln sömgaça kamaytirişni va’da qilişgan
Departamentga köra, xodimlar $2 ming berilsa, hisoblangan zararni 400 mln sömdan 65 mln sömgaça kamaytirib berişni va’da qilgan.
Huquqni muhofaza qiluvçi organlar hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbir davomida ular kelişilgan $2 mingni olayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi – pora oliş bilan jinoyat işi qözğatildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, Kursiv Uzbekistan Tojikistondagi elektr tarmoği avariyasi sabab Farğona vodiysida çeklovlar joriy etilişi haqida yozgan edi.