Binance 6,5 mlrd dollarlik aktivlarni muzlatişga sud ruxsatini oldi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
26 mingta kriptohamyon nazoratga olinadi
Binance zararlarni qoplaş uçun $6,34 mlrd ajratdi
Foto: IrynaBudanova/Depositphotos

Abu-Dabi global bozori (ADGM) sudi Binance kriptobirjasiga 29-oktabr kungi kiberhujum oqibatida oğirlangan aktivlarni qaytariş böyiça qaror çiqardi. Sud qarori $6,5 mlrdlik aktivlarni dunyo böylab muzlatişni nazarda tutadi. Bu haqda Binance Kursiv Uzbekistan’ga ma’lum qildi.

Sud qarori Binance’ga oğirlangan aktivlarni kuzatiş, muzlatiş va qaytariş uçun qonuniy mexanizmlardan foydalaniş imkonini beradi.

Xususan, oğirlangan aktivlar joylaşgan 26 mingta kriptohamyon manzilidan iborat muntazam yangilanadigan röyxat şakllantiriladi. Bu mablağlar boşqa hamyonlarga ötkazilgan taqdirda ham ularni tezkor aniqlaş va muzlatiş imkonini beradi.

Binance manfaatlarini himoya qilayotgan Gibson Dunn yuridik firmasi vakili Kendall Deyning ta’kidlaşiça, bu aktivlarni muzlatiş böyiça jamoatçilikka ma’lum bölgan eng yirik sud qarorlaridan biri.

Foydalanuvçilarning zararlari qoplangan

Binance ma’lumotlariga köra, kiberhujum oqibatida foydalanuvçilarga yetkazilgan moliyaviy zarar töliq qoplangan. Kompaniya moliyaviy yöqotişlarni öz zimmasiga olgan.

«Foydalanuvçilar himoyalangan va Binance moliyaviy yöqotişlarni öz zimmasiga oldi. Biroq bizning mas’uliyatimiz şu bilan tugamaydi. Oğirlangan aktivlarni kuzatiş, muzlatiş va qaytariş uçun mavjud barça qonuniy vositalardan foydalanişda davom etamiz», – dedi Binance boş yuriskonsulti örinbosari Dagan Bliss.

Oğirlangan mablağlarni qaytariş işlari davom etmoqda

Binance huquqni muhofaza qiluvçi organlar, moliyaviy regulyatorlar, kriptobirjalar va blokçeyn tahlili bilan şuğullanuvçi kompaniyalar bilan hamkorlik qilmoqda.

Sud qarori hamkor kompaniyalarga muzlatilgan mablağlarni qonuniy asosda qaytariş yoki ötkaziş imkonini ham beradi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Binance 6,3 mlrd dollarlik xakerlik hujumidan körilgan zararning 95 foizini qoplagani haqida xabar berilgandi. Kompaniya qolgan aktivlarni ham töliq tiklaş va foydalanuvçilar uçun kriptovalyuta yeçib oliş xizmatlarini bosqiçma-bosqiç qayta işga tuşirişni boşlamoqda.

Shuningdek