Dunyoda har tört boladan biri mojarolar hududida yaşamoqda

eʼlon qilindi
Dunyoda har tört boladan biri mojarolar hududida yaşamoqda
Foto: depositphotos

2025-yilda dunyo böyiça 589 mln bola qurolli mojarolar hududida yaşagan. Bu haqda Save the Children taşkilotining yangi hisobotida ma’lum qilindi.

Hisobotga köra, bu körsatkiç 1990-yillar örtalaridagi darajadan ikki baravardan köproq yuqori. Taşkilot bolalarning qurolli mojarolardan aziyat çekişi bugungi kundagi eng dolzarb muammolardan biri bölib qolayotganini ta’kidladi.

Save the Çildren Germany rahbari Florian Vestfalning aytişiça, millionlab bolalar uçun qörquv, zöravonlik va majburiy köçiş kundalik hayotning bir qismiga aylangan.

Afrika va Yaqin Şarqda vaziyat eng oğir

2025-yilda Afrika va Yaqin Şarqdagi bolalarning qariyb 40 foizi mojarolar hududida yaşagan.

Afrika dunyodagi mojarolar hududida yaşayotgan barça bolalarning 44 foizini taşkil etgan. Qit’ada bunday şaroitda yaşayotgan bolalar uluşi 2010-yildagi 12 foizdan 2025-yilda 39 foizgaça oşgan.

Yaqin Şarqda esa mojarolar hududida yaşayotgan bolalar soni bir yil içida 52 mln nafardan 67 mln nafarga yetgan. Bu qariyb 29 foizlik ösişdir.

Gumanitar yordamga tösqinlik qiliş keskin oşgan

Hisobotda bolalarga gumanitar yordam yetkazilişiga tösqinlik qiliş holatlari, ayniqsa, keskin köpaygani qayd etilgan.

2025-yilda bunday 8 322 ta holat tasdiqlangan. Bu 2015-yildagiga nisbatan 16 baravar köp. Öşa yili 509 ta holat qayd etilgan edi.

Falastin hududlarining özida 5 946 ta, ya’ni dunyodagi jami holatlarning 70 foizdan ortiği qayd etilgan.

Gumanitar yordamni çeklaş 2015-yilda bolalarga nisbatan oğir huquqbuzarliklarning qariyb 2 foizini taşkil qilgan bölsa, 2025-yilda bu uluş 21 foizdan oşgan.

14 mingdan ortiq bolalar halok bölgan yoki jarohatlangan

BMT tomonidan 2025-yilda bolalarga qarşi jami 38 967 ta oğir huquqbuzarlik tasdiqlangan. Bu kuzatuv tizimi joriy etilganidan buyon ikkinçi eng yuqori körsatkiç hisoblanadi. Jinsiy zöravonlik holatlari sönggi ön yil içida 71 foizga oşgan.

Eslatib ötamiz, Kursiv Uzbekistan dunyoda har 4 ösmirdan biri yetarliça harakat qilmasligi haqida yozgan edi.

Shuningdek