Oltin rekord narxiga qaytişi uçun yana ikki yil kerak — Goldman Sachs

eʼlon qilindi
Özbekistonda oltin narxi yil boşidan beri eng past darajaga tuşdi
Oltin rekord narxiga qaytişi uçun yana ikki yil kerak — Goldman Sachs
Foto: depositphotos

Oltin narxi 2028-yil oxiriga borib bir troya unsiyasi uçun $5 600 ga yetişi mumkin. Goldman Sachs investitsiya banki tahlilçilarining fikriça, qimmatbaho metallning rekord qiymatiga qaytişi uçun yana ikki yil kerak böladi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Goldman Sachs yaqin istiqbolda oltin narxining yanada pasayişi va keskin tebranişlarini kutmoqda. Bunga AQŞ Federal rezerv tizimining (FRT) foiz stavkalarini oşirayotgani sabab bölmoqda.

Oltin 2026-yil yanvar oyi oxirida bir unsiyasi uçun qariyb $5 600 ga yetib, tarixiy rekord örnatgan edi. Biroq sun’iy intellekt sohasiga investitsiyalarning köpayayotgani, obligatsiyalar daromadliligining oşişi va foiz stavkalari yanada kötarilişi haqidagi kutilmalar oltinga talabni pasaytirdi.

19-noyabr kuni oltinning bir unsiyasi qariyb $3,7 ming atorfida sotilmoqda. Yil boşidan buyon esa qimmatbaho metall narxi qariyb 11 foizga arzonlaşgan.

2027-yilda oltin qancha turadi

Goldman Sachs tahlilçilarining fikriça, 2027-yilda yuqori foiz stavkalari xususiy investorlarning oltinga bölgan talabini pasaytiradi. Biroq markaziy banklarning oltin xarid qilişda davom etişi uning narxini qöllab-quvvatlaydi.

Bank prognoziga köra, 2027-yil oxiriga borib oltinning bir unsiyasi $4 650 ga yetişi mumkin.

Oltin rekord narxiga qaçon qaytadi

Goldman Sachs tahlilçisi Lina Tomas boshçiligidagi ekspertlar AQŞ Federal rezerv tizimi foiz stavkalarini pasaytira boşlagaç, Ğarb investorlarining oltinga talabini tiklanişini kutmoqda.

Bu esa 2028-yil oxiriga borib oltin narxining bir unsiya uçun $5 600 gaça kötarilişiga yordam berişi mumkin.

AQŞ Federal rezerv tizimi 2026-yil sentabr oyida sönggi uç yil içida birinçi marta foiz stavkalarini oşirib, 3,75–4 foiz darajasiga olib çiqdi. Bozor ishtirokçilari dekabr oyida ham stavkalar oşirilishini kutmoqda.

Özbekistonda oltin narxi yil boşidan beri eng past darajaga tuşdi

Markaziy bankning 19-noyabr holatidagi narxlariga köra, oltin quymalar quyidagi narxlarda sotilmoqda:

Og‘irligiSotiş narxiQadoqi but holatda qayta sotib oliş
5 gramm8,917 mln söm7,21 mln söm
10 gramm17,834 mln söm14,41 mln söm
20 gramm35,669 mln söm28,8 mln söm
50 gramm89,172 mln söm72,1 mln söm
100 gramm178,343 mln söm144,13 mln söm

Qadoq buzilgan yoki quyma texnik talablarga mos kelmagan holatda qayta sotib oliş narxi bundan pastroq bo‘ladi.

Taqqoslaş uçun, joriy yilning yanvar oyida 5 grammlik quyma narxi 10,86 mln sömga yetib, rekord örnatgandi. Öşandan beri narxlar 18 foizga arzonlagan, biroq ötgan yilning 19-noyabridagi narxga nisbatan 10 foizga yuqori.

Fitch Ratings oltin narxining pasayişi Özbekistonga qanday ta’sir qilişi haqida ma’lumot bergandi. Hisob-kitoblarga kiritilgan oltin narxining pasayişiga qaramay, Fitch yaqin yillarda Özbekistondagi eng yirik kon-qazib oliş korxonalarining pul oqimlari ösişini kutmoqda.

Fitch Ratings kompaniyasining EMEA mintaqasidagi tabiiy resurslar böyiça katta direktori Yuliya Buçnevaning ta’kidlaşiça, kompaniyalarni baholaşda agentlik nafaqat metall narxlarini, balki ularning moliyaviy va dividend siyosatidagi moslaşuvçanlikni, şuningdek, investitsiya dasturlarini özgartiriş imkoniyatlarini ham hisobga oladi.

Fitch bahosiga köra, işlab çiqariş hajmlarining ösişi va yangi loyihalarning amalga oşirilishi oltin narxi hisob-kitoblarda pastroq bölsa ham, korxonalarning moliyaviy körsatkiçlarini qöllab-quvvatlaşi kerak.

Eslatib ötamiz, Özbekiston oltin-valyuta zaxiralari 2026-yil 1-noyabr holatiga $63,6 mlrdni taşkil qilib, 4,5 foizga kamaydi. Pasayiş, asosan, oltin zaxiralari hisobiga yuz berdi. Oktabr boşida $60,1 mlrd bölgan oltin qiymati noyabr boşiga kelib $58 mlrdga tuşdi. Ammo oltinning jismoniy hajmi 14,3 mlndan 14,6 mln unsiyaga oşdi.

Shuningdek