Paşinyan tinçlik bitimidan keyin iste’foga çiqişga tayyorligini bildirdi

Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyan Ozarbayjon bilan tinçlik bitimi imzolanib, ratifikatsiya qilingaç, öz vazifasini bajarilgan deb hisoblaşini va lavozimini tark etişga tayyorligini bildirdi. U bu haqda 18-noyabr kuni parlamentdagi hukumat bilan savol-javob vaqtida aytdi.
Paşinyanning sözlariga köra, yangi Konstitutsiya böyiça referendumda fuqarolar hukumat taklifini qöllab-quvvatlamasa ham, u iste’foga çiqişga tayyor.
«Har ikki holatda ham ketaman. Gap şaxsan men haqimda ketmoqda», – dedi u.
Boş vazir tinçlik bitimining imzolanişi va ratifikatsiyasi, şuningdek, Armaniston va Ozarbayjon örtasida institutsional tinçlik örnatilişini öz siyosiy vazifasining yakuni sifatida körişini ta’kidladi.
Tinçlik bitimi Konstitutsiyadan keyin imzolanişi mumkin
Paşinyanning aytişiça, yangi Konstitutsiya qabul qilingaç, Ozarbayjon bilan tinçlik bitimini imzolaş va ratifikatsiya qiliş imkoniyati böyiça kafolatlar mavjud.
U bu jarayon uçun özining «butun siyosiy kapitalini» mas’uliyat sifatida qöyişga tayyor ekanini aytdi.
Armaniston va Ozarbayjon 2025-yil avgustida Vaşingtonda tinçlik va davlatlararo munosabatlar töğrisidagi bitim matnini dastlabki tarzda kelişib olgan edi. Paşinyan avvalroq hujjat töliq imzolanişi va ratifikatsiya qilinişini öz hukumatining asosiy vazifalaridan biri deb atagan.
Boş vazir çegaraning murakkab qismlarini delimitatsiya qiliş va mintaqaviy transport aloqalarini oçiş ham tinçlik kun tartibining tarkibiy qismi ekanini qayd etgan.
Armaniston NATOga kirişni maqsad qilmagan
Paşinyan parlamentdagi çiqişida Armanistonning NATOga a’zo böliş istiqboliga ham munosabat bildirdi.
Uning aytişiça, mamlakat Yevropa Ittifoqiga qöşiliş jarayonini boşlagan, biroq NATOga a’zo böliş böyiça siyosiy qaror qabul qilinmagan va hukumat bunday maqsadni ham qöymagan.
Paşinyan aynan NATOga oid köplab bandlar sabab Armaniston 12-noyabr kuni Dublinda qabul qilingan Yevropa xavfsizligining asosiy tamoyillari haqidagi deklaratsiyaga qöşilmaganini tuşuntirdi.
«Yevropa Ittifoqi — ha, lekin biz harbiy-siyosiy ittifoq mantiğiga asoslangan siyosat olib bormayapmiz», – dedi Paşinyan.
Eslatib ötamiz, Kursiv Uzbekistan naşri Mirziyoyev Paşinyan bilan hamkorlikni muhokama qilgani haqida yozgan edi.