Qor va yomğir yoğadi: 19-noyabr uçun ob-havo prognozi

eʼlon qilindi
Ayrim viloyatlarda yomğir kutilmoqda
Qor va yomğir yoğadi: 19-noyabr uçun ob-havo prognozi
Foto: Depositphotos

19-noyabr kuni Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir, toğli joylarda esa yomğir va qor yoğişi kutilmoqda. Bu haqda Özgidromet ma’lum qildi.

Toşkent şahrida havo özgaruvçan böladi, keçqurun yomğir yoğişi mumkin. Şamol ğarbdan sekundiga 3–8 metr tezlikda esadi, keçqurun esa 10–12 metrgaça kuçayişi mumkin. Harorat keçasi 7–9 daraja, kunduzi 20–22 daraja iliq böladi.

Ayrim viloyatlarda yomğir kutilmoqda

Toşkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida keçqurun ayrim joylarda yomğir yoğişi mumkin. Harorat keçasi 7–12 daraja, kunduzi 18–23 daraja iliq böladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham keçqurun ayrim joylarda yomğir yoğişi ehtimoli bor. Bu hududlarda harorat keçasi 3–8 daraja, kunduzi 15–20 daraja iliq böladi.

Qaşqadaryo va Surxondaryoda asosan yoğingarçiliksiz ob-havo saqlanadi. Faqat Qaşqadaryoning ayrim joylarida keçqurun yomğir yoğişi mumkin. Harorat keçasi 7–12 daraja, kunduzi 18–23 darajani taşkil etadi.

Farğona vodiysida tuman tuşişi mumkin

Andijon, Namangan va Farğona viloyatlarida yoğingarçilik kutilmaydi. Ayrim joylarda tuman tuşişi mumkin.

Bu hududlarda keçasi 2–7 daraja, kunduzi esa 10–15 daraja iliq böladi.

Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida ham yoğingarçilik kutilmaydi. Harorat keçasi 0–5 daraja, kunduzi 11–16 daraja iliq böladi.

Toğlarda qor yoğişi mumkin

Respublikaning toğli hududlarida ayrim joylarda yomğir va qor yoğişi prognoz qilinmoqda. Şamol ğarbdan sekundiga 7–12 metr tezlikda esadi.

Toğli hududlarda harorat keçasi 2–7 daraja, kunduzi 12–17 daraja iliq böladi.

Eslatib ötamiz, Kursiv Uzbekistan naşri 18-noyabrda qanday ob-havo kuzatilişi haqida yozgan edi.

Shuningdek