Rayhon, «Ummon» va Lolita: 27 ta konsert reklamasida qoidabuzarlik aniqlandi

eʼlon qilindi
Reklama beruvçilarga kamçiliklarni bartaraf etiş böyiça ogohlantiriş yuborildi
Foto: depositphotos.com

Raqobat qömitasi Instagram va köça reklamalarida joylaştirilgan 27 ta konsert e’lonida xonanda jonli kuylaşi yoki fonogrammadan foydalanişi körsatilmaganini aniqladi. Reklama beruvçilarga kamçiliklarni bartaraf etiş böyiça ogohlantiriş yuborildi.

Kimlarga ogohlantirişlar yuborildi

Qömita ma’lumotiga köra, Lolita, Ani Lorak, Mayot, Nikolay Fomenko, Izzat Şukurov, «Ummon» guruhi, Rayhon Ğaniyeva va Ğaybulla Tursunov konsertlarining Instagram’dagi reklamalarida ijro şakli körsatilmagan. Şuningdek, Toxi$, «Maşina vremeni» va Otar Kuşanaşvili iştirokidagi dasturlarning taşqi reklamalarida ham şunday holatlar qayd etilgan.

Qömita tegishli reklama beruvçilarga reklamalarni qonunçilik talablariga muvofiqlaştiriş böyiça ogohlantiriş yubordi.

Konsert reklamasida nimalar körsatilişi kerak

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 207-son qaroriga köra, konsert reklamasida ijro şakli «Jonli ijro», «Fonogrammadan foydalangan holda jonli ovoz» yoki «Fonogrammali konsert dasturi» deb aniq körsatilişi kerak.

«Reklama töğrisida»gi Qonunning 44-moddasiga muvofiq, fonogrammadan foydalanilsa, reklamada undan foydalaniş darajasi ham körsatilişi lozim. Taşqi reklamada bu ma’lumot reklama maydonining kamida 10 foizini egallaşi kerak.

Bundan taşqari, taşkilotçilar tomoşa boşlanişidan oldin fonogrammadan foydalanilişi haqida audioxabar berilişini ta’minlaşi şart. «Iste’molçilarning huquqlarini himoya qiliş töğrisida»gi Qonunning 6-moddasida ham konsert-tomoşa tadbirlarida fonogrammadan foydalanilişi haqida axborot beriş talabi belgilangan.

Avvalroq blogerlarning reklama kontentlari nazoratga olinayotgani haqida xabar berilgan edi.

Shuningdek