Samarqandda litsenziyasiz Umra xizmatini taklif qilgan firma rahbari uşlandi

eʼlon qilindi
Xizmat uçun $3,75 ming söralgan
Samarqandda litsenziyasiz Umra xizmatini taklif qilgan firma rahbari uşlandi
Foto: DXX

Samarqand şahrida tegişli litsenziyasiz fuqarolarni Umra ziyoratiga yuborişni va’da qilgan sayyohlik firmasi rahbari uşlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qildi.

Ma’lumotga köra, firma rahbari «Umra» ziyoratini ado etiş istagida bölgan uç nafar fuqaroning işonçiga kirib, ularni ziyoratga yuboriş hamda muqaddas amallarni bajariş uçun zarur şaroitlarni yaratib berişni va’da qilgan.

Xizmat uçun $3,75 ming söralgan

Mazkur xizmatlar evaziga fuqarolardan jami $3,75 ming talab qilingan.

DXXning Samarqand viloyati böyiça boşqarmasi hamda viloyat Içki işlar boşqarmasi hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbir davomida firma rahbari oldindan kelişilgan mablağning $3 mingini olayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov-suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq «Kursiv» Andijon va Toşkent viloyatlarida noqonuniy Umra ziyoratini taşkil etgan şaxslar uşlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek