Telegram çatlarni maxfiy ibora yordamida yaşiriş funksiyasini sinovdan ötkazmoqda

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Funksiya hozirça faqat Mac’da işlaydi
Foto: Durov’s Code

Telegram messenjerida ayrim yozişmalarni maxsus maxfiy ibora yordamida yaşiriş funksiyasi sinovdan ötkazilmoqda. Yangi imkoniyat foydalanuvçilarga çatlarni umumiy röyxat, qidiruv natijalari va bildirişnomalardan olib taşlaşga imkon beradi. Hozirça funksiya Telegram’ning macOS uçun beta-versiyasida mavjud. Bu haqda Durov’s Code xabar berdi.

Çatlarni qanday yaşiriş mumkin

Yangi funksiya «Hidden Chats» (Yaşirilgan çatlar) deb nomlangan. Uni faollaştiriş uçun foydalanuvçi Telegram sozlamalaridagi «Maxfiylik va xavfsizlik» bölimiga kirib, maxsus ibora yaratişi kerak. U kamida sakkizta belgidan iborat bölişi lozim. Sinov versiyasida hozirça faqat lotin alifbosidagi belgilar qöllab-quvvatlanadi.

Maxfiy ibora yaratilgaç, uni messenjerning odatiy qidiruv maydoniga kiritiş orqali yaşirilgan çatlar bölimini oçiş mumkin. Foydalanuvçi bir neçta maxfiy ibora yaratişi va ularning har biri orqali alohida yozişmalar töplamiga kirişi mumkin.

Yaşirilgan çatlar asosiy röyxat, papkalar va qidiruv natijalarida körinmaydi. Ulardan yangi xabar kelganda bildirişnoma yuborilmaydi va ilova belgisidagi öqilmagan xabarlar hisoblagiçi ham özgarmaydi. Şuningdek, yaşirin bölim yopiq turganida uşbu çatlardagi foydalanuvçilardan keladigan qönğiroqlar avtomatik ravişda rad etiladi.

Funksiya hozirça faqat Mac’da işlaydi

Yaşirilgan çatlar bölimi ekran qulflanganda, kompyuter uyqu rejimiga ötganda yoki beş daqiqa davomida harakatsizlik kuzatilganda avtomatik yopiladi.

Biroq yangi imkoniyat hozirça faqat u sozlangan Mac qurilmasida işlaydi. Masalan, foydalanuvçi çatni MacBook’da yaşirgan bölsa, ayni yozişma uning smartfoni yoki boşqa qurilmasidagi Telegram ilovasida odatdagidek körinişda qoladi.

Maxfiy iborani unutib qöygan taqdirda uni tiklaş imkoniyati mavjud emas. Sinov versiyasidagi ma’lumotlarga köra, bunday holatda akkauntdan çiqib, qayta kiriş talab etilişi mumkin.

Yangi funksiya Telegram’dagi maxfiy çatlardan farq qiladi. «Hidden Chats» yozişmalarni ilova interfeysida yaşirişga xizmat qiladi, ammo ularga uçdan-uçgaça şifrlaşni qöşmaydi.

Telegram uşbu imkoniyatni messenjerning barqaror versiyasiga qaçon qöşişi va Android hamda iOS qurilmalarida ham işga tuşirişi hozirça ma’lum emas.

Avvalroq Telegram’ning Android uçun 12.9 beta-versiyasida «hamjamiyatlar» funksiyasi sinovdan ötkazilayotgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek