Toşkent – Aşxobod örtasida aviaqatnovlar va vizasiz rejim tiklanişi mumkin

Özbekiston va Turkmaniston Toşkent – Aşxobod – Toşkent yönalişida muntazam aviaqatnovlarni yölga qöyiş hamda çegaradoş hududlar aholisi uçun uç sutkagaça vizasiz qatnovni tiklaş masalalarini muhokama qildi. Bu haqda Özbekiston Taşqi işlar vazirligi ma’lum qildi.
Mazkur masalalar 18-noyabr kuni Özbekiston taşqi işlar vaziri örinbosari Olimjon Abdullayev va Turkmanistonning Özbekistondagi elçisi Şodurdi Meredov örtasidagi uçraşuvda körib çiqildi.
Uç sutkalik vizasiz qatnov tiklanişi mumkin
Tomonlar 2004-yilda imzolangan hukumatlararo bitimda nazarda tutilgan çegaradoş hududlar aholisining uç sutkagaça vizasiz qatnovini tiklaş masalasini muhokama qildi.
Şuningdek, Toşkent va Aşxobod örtasida muntazam aviaqatnovlarni yölga qöyiş yuzasidan fikr almaşildi. Hozirça aviaqatnovlar va vizasiz tartib qaçondan joriy etilişi ma’lum qilinmagan.
Xalqaro yuk taşuvlari yengillaştiriladi
Uçraşuvda transport-logistika aloqalarini rivojlantiriş, xalqaro yuk taşuvlarini yengillaştiriş va çegara ötkaziş punktlari faoliyatini takomillaştiriş masalalari ham muhokama qilindi.
Bundan taşqari, tomonlar fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, vakolatli idoralar örtasida axborot almaşinuvini yaxşilaş yuzasidan fikr almaşdi.
Uçraşuv yakunida muhokama qilingan masalalarni tegişli idoralar bilan birgalikda işlab çiqiş va amaliy hamkorlikni davom ettirişga kelişib olindi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Turkmaniston bilan çegaradagi postda yangi köprik qurilişi rejalaştirilayotgandi. Hozirda foydalanilayotgan köprik 1978-yilda qurilgan bölib, texnik jihatdan eskirgan. Uning örniga har ikki yönalişda kamida ikkitadan yuk avtomobili harakatlana oladigan zamonaviy köprik barpo etiş rejalaştirilmoqda.