Toşkent delegatsiyasi Sietlda: stadion, kinofestival va «Toşkent» boği

Toşkent şahar hokimi Şavkat Umurzakov boşçiligidagi delegatsiya Sietlga amaliy taşrif doirasida festival industriyasi, yirik sport tadbirlarini taşkil etiş va madaniy almashinuv böyiça hamkorlik masalalarini muhokama qildi. Bu haqda Toşkent şahar hokimligi ma’lum qildi.
Toşkent delegatsiyasi Lumen Field stadionida böldi

Taşrif davomida delegatsiya 2026-yilgi futbol böyiça jahon çempionatining 6 ta uçraşuvi ötkazilgan Lumen Field stadionida böldi. Arena mutaxassislari yirik sport tadbirlarini ötkaziş, stadion bandligini yil davomida taqsimlaş hamda sport bellaşuvlarini konsert, festival va oilaviy tadbirlar bilan uyğunlaştiriş tajribasi bilan örtoqlaşdi.
Sietl vakillari Toşkent kinofestivaliga taklif qilindi
Delegatsiya Osiyo jahon kinofestivali taşkilotçilari bilan ham uçraşib, ularni Toşkent xalqaro kinofestivalida iştirok etişga taklif qildi. Tomonlar «Toşkent – festivallar şahri» taşabbusi doirasida poytaxtda festival industriyasini rivojlantiriş va xalqaro tajribani jalb etiş imkoniyatlarini muhokama qildi.
Ta’kidlaş kerakki, Toşkent va Sietl 1973-yildan beri birodarlaşgan şaharlar hisoblanadi. 1974-yilda Sietlning Kapitol-Xill dahasida «Toşkent boği» barpo etilgan. Özbekiston delegatsiyasi taşrif davomida uşbu boğda ham bölib, uni parvariş qiluvçi «Toşkent boği döstlari» guruhi vakillari bilan uçraşdi.
Avvalroq Özbekistonning Sietldagi Boş konsulxonasi rasman oçilgani haqida xabar berilgan edi.