Toşkentda noyabr oxirida havo sifati yomonlaşişi mumkin

Toşkentda joriy yil 27 – 30-noyabr kunlari havodagi mayda zararli zarraçalar miqdori oşişi mumkin. Bunga tunda va ertalab havoning yer yuzasiga yaqin qatlamda «turib qolishi» hamda isitiş mavsumi ta’sir qilişi mumkin. Bu haqda Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi ma’lum qildi.
Havoni tozalaşga şamol yordam beradi
Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti 19 – 30-noyabr kunlari uçun Toşkentdagi ob-havo şaroiti va havoning ifloslaniş ehtimoli böyiça prognoz e’lon qildi. Institut direktori Doniyor Turğunovning aytişiça, 19 – 20-noyabr kunlari şamol ifloslangan havoni tarqatişga va şahar havosini tozalaşga yordam beradi.
21 – 26-noyabr kunlari esa şaroit nisbatan yaxşi bölişi kutilmoqda. Kunduzi havo qatlamlari yaxşiroq aralaşadi, şu sabab ifloslantiruvçi moddalar bir joyda töplanib qolmaydi. Biroq tun va ertalab ayrim hududlarda tuman tuşişi va havo qisqa vaqtga ifloslanişi mumkin.
Noyabr oxirida ifloslaniş xavfi ortadi
27 – 30-noyabr kunlari tunda va ertalab sovuq havo yer yuzasiga yaqin qatlamda qolib ketişi mumkin. Bunday holatda ifloslantiruvçi moddalar yuqoriga tarqalmay, pastda töplanadi.
Şu bilan birga, uylar va binolarni isitiş uçun yoqilği sarfi ortadi. Natijada havodagi PM2.5 – juda mayda çang va tutun zarraçalari miqdori oşişi mumkin.
Avvalroq joriy yil 16 – 20-noyabr kunlari Özbekiston hududining katta qismida asosan quruq va iliq ob-havo saqlanib turişi haqida xabar berilgan edi.