$2 mlrdlik kriptobozor: Özbekistonda bu biznes özini oqlaydimi

Özbekistonda kriptoaktivlarning 2025-yilgi aylanmasi $2 mlrddan oşdi. Bugun bozorda 15 ta kripto-dökon faoliyat yuritmoqda. Biroq bozor kengayayotgan bir paytda ayrim kompaniyalar faoliyatini töxtatmoqda. Bunday şaroitda kriptobiznes qançalik foydali va kompaniyalar nima sababdan işini töxtatmoqda? Kursiv Uzbekistan bu masalalar yuzasidan Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) hamda soha mutaxassisiga yuzlandi.

Kriptodökonlar nega faoliyatini töxtatmoqda
ILMAning ma’lumotlariga köra, 2026-yilda bir neçta kriptodökonning litsenziyasi olti oy muddatga töxtatilgan. Jumladan, CRYPTO EXPRESS kompaniyasining litsenziyasi 1-iyundan, CRYPTOCORP, C-CASh, T-FIRM va CRYPTO MAGNAT kompaniyalariniki esa 1-sentabrdan vaqtinça töxtatilgan. Jami 15 kriptodökondan beştasi faoliyat yuritmaydi.
CRYPTO MARKET kompaniyasining litsenziyasi esa faoliyatni qayta tiklaş böyiça murojaat qilinmagani sababli bekor qilingan.

Kursiv Uzbekistan agentlikdan bu qarorlar qoidabuzarliklar bilan boğliqmi yoki kompaniyalar öz taşabbusi bilan faoliyatini töxtatgani haqida söradi.
«6 oyga litsenziyasi töxtatilgan kriptoaktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari nizomning 47-bandiga asosan agentlikka ariza bilan murojaat qilganlardir», – deyiladi ILMAning tahririyatga yuborgan javobida.
Qonunçilik kompaniyalarga litsenziyani olti oygaça vaqtinça töxtatiş imkonini beradi. Demak, mazkur qarorlar kompaniyalarning öz murojaatlari asosida qabul qilingan. Biroq ularni bunday qarorga nima undagani oçiqlanmagan.
Bozordagi bu holat savdo hajmlari ösişi fonida kuzatilmoqda. ILMA ma’lumotiga köra, 2025-yilda Özbekistonda kripto-aktivlarning rasmiy aylanmasi $2 mlrddan oşgan. Bu körsatkiç 2023-yilda qariyb $1 mlrd bölgan.
Kriptobiznesning milliardlik xarajatlari
Özbekistonda kripto-dökon oçiş uçun litsenziya oliş bilan çeklanib bölmaydi. Kompaniyalar litsenziya uçun bir martalik davlat boji va faoliyat yuritiş davomida oylik yiğim tölaydi.
2026-yil noyabridagi bazaviy hisoblaş miqdoriga köra, kripto-dökon litsenziyasi uçun davlat boji 1,63 mlrd söm, oylik yiğim esa 81,4 mln sömni taşkil qiladi.
Şunday qilib, bir yil davomida uzluksiz faoliyat yuritadigan yangi kriptodökonning faqat litsenziya boji va majburiy yiğimlari qariyb 2,6 mlrd sömga yetadi. Bunga xodimlar maoşi, texnologik infratuzilma, xavfsizlik va boşqa xarajatlar kirmaydi.

Kompaniya faoliyatini vaqtinça töxtatsa, oylik yiğimni tölaşda davom etadimi
«Kriptoaktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyat töxtatib turilganda yoki tugatilganda, yiğimni hisoblab çiqariş keyingi oyning birinçi sanasidan boşlab töxtatib turiladi», – deya tuşuntirdi agentlik.
Ya’ni olti oy işlamagan kriptodökon amaldagi stavka böyiça qariyb 488,4 mln sömlik yiğimni tölamaydi. Biroq şu davrda tegişli faoliyatni ham amalga oşira olmaydi.
ILMAning bildirişiça, kompaniyalar tomonidan oylik yiğimlarni kamaytiriş masalasi yuzasidan murojaatlar kelib tuşmagan. Agentlik sohadagi vaziyat va biznes muhiti doimiy tahlil qilinayotganini qöşimça qildi.
Özbekiston kriptobozorining ustunliklari nimada
Kursiv Uzbekistan Özbekiston kriptobozoridagi imkoniyatlar va muammolar haqida kriptobozor va treyding yönalişidagi mutaxassis, HBS Academy asosçilaridan biri Ma’mur Bahromov bilan suhbatlaşdi.

Mutaxassisning fikriça, Özbekiston kriptobozorining asosiy afzalligi uning hali rivojlaniş bosqiçida ekanidir.
«Menimça, Özbekistondagi kriptobozorning eng katta afzalligi — bizning bozor hali ham rivojlaniş bosqiçida va yangi bizneslar uçun real imkoniyatlar bor. Masalan, birinçidan, soliq imtiyozlari bor», – dedi Bahromov.
Amaldagi qonunçilikka köra, 2029-yil 1-yanvargaça kriptoaktivlar aylanmasi bilan boğliq operatsiyalar va ulardan olinadigan daromadlarga soliq imtiyozlari belgilangan.
Mutaxassis davlat tomonidan bozorning tartibga solinayotganini ham ijobiy baholadi. Uning fikriça, litsenziyalaş tizimi noqonuniy platformalar faoliyatini çeklaş va investorlar uçun qonuniy muhit yaratişga xizmat qilmoqda.
Biroq u mahalliy kriptobozorning bir qator kamçiliklariga ham e’tibor qaratdi.
«Boşqa bozorlar bilan soliştirganda kamçiliklari ham bor. Masalan, mahalliy özimizda bor birja, lekin likvidligi juda ham past, boşqa platformalar bilan integratsiyalari kamroq va litsenziya oliş xarajatlari bir munça qimmatroq deb öylayman», — dedi u.
Likvidlikning pastligi savdo hajmi yetarli emasligi sababli investorlar yirik bitimlarni tez va qulay narxda amalga oşirişda qiyinçiliklarga duç kelişi mumkinligini anglatadi.
Kiçik startaplar uçun şaroitni yengillaştiriş kerak
Bahromov kriptobozorda raqobatni kuçaytiriş va yangi kompaniyalarni jalb qiliş uçun litsenziyalaş tartibini qayta körib çiqiş zarur deb hisoblaydi.
«Birinçi navbatda litsenziyalaşni bir munça moslaştiriş, osonlaştiriş kerak. Çunki kiçkina startaplar yoki kattaroq birjalarga kirişga sal yengillik qöyiş kerak. Töğri, albatta, faoliyatiga, uning xavflilik darajasiga qaraş kerak», — dedi mutaxassis.
Uning fikriça, ayniqsa texnologik xizmatlar yaratadigan kiçik kompaniyalar uçun bozorga kiriş imkoniyatlarini kengaytiriş muhim.
Bundan taşqari, banklar va kriptobiznes örtasidagi hamkorlikni rivojlantiriş zarur.
«Mijozlar qonuniy platformalarda mablağ kiritiş, yeçib olişni juda ham oson amalga oşira olişi kerak», – deya ta’kidladi Bahromov.
Mutaxassis aholining moliyaviy savodxonligini oşirişni ham muhim deb hisoblaydi. Sababi kriptoaktivlar bozori yuqori daromad va’da qiladigan firibgarlik loyihalari bilan boğliq xavflardan xoli emas.
Şu bois investorlar kripto kompaniyalarining litsenziyasi, faoliyati şaffofligi va taklif qilayotgan xizmatlarining qonuniyligini tekşira olişi kerak.
Kriptobiznes qança vaqtda foyda keltiradi
Ma’mur Bahromovning fikriça, kriptobozorda biznes boşlaş va kriptovalyutalar bilan savdo qilişni bir-biridan ajratiş kerak.
«Agar gap kripto sohasida texnologik xizmat körsatayotgan kiçkina kompaniyalar haqida ketsa, biznes modeli muvaffaqiyatli bölsa, bir-ikki yil içida operatsion foydaga çiqişi mumkin», – dedi mutaxassis.
Biroq yirik kripto-birja yoki litsenziyalangan platforma taşkil etiş ança katta kapital talab qiladi. Bunday loyihalarda litsenziyalaş, axborot xavfsizligi va texnik infratuzilma xarajatlari yuqori bölgani sababli investitsiyani qaytariş bir neça yilga çözilişi mumkin.

Kriptovalyutalar bilan treyding qilişda esa vaziyat boşqaça.
«Bunda foydaga çiqişning aniq muddati mavjud emas. Çunki bir neça yillik tajribaga ega insonlar ham bu bozorda zarar körişi mumkin. Çunki volatillik juda ham yuqori», – dedi Bahromov.
U kriptovalyutalar narxi oşişidan foyda olişga umid qiliş örniga, bozordagi muammolarni hal qiladigan texnologik xizmatlarga e’tibor qaratişni tavsiya etdi.
Mutaxassisning fikriça, bunday kompaniyalar daromadi faqat bitkoin yoki boşqa kriptoaktivlar narxiga boğlanib qolmaydi. U steyblkoinlar bilan boğliq texnologik xizmatlarni ham istiqbolli yönalişlardan biri sifatida körsatdi.
«Kriptobozorda, umuman aytganda, imkoniyatlar bor, lekin hamma öylagandek, unaqa oson pul topiladigan soha emas», – deya xulosa qildi mutaxassis.
Davlat kriptobozorni qanday rivojlantirmoqçi
ILMAning Kursiv Uzbekistan’ga ma’lum qilişiça, sohani rivojlantiriş va tartibga soliş böyiça yangi huquqiy mexanizmlar işlab çiqilmoqda.
Jumladan, 2026-yil 17-apreldagi PQ-143-son qaror bilan Qoraqalpoğistonda «Besqala Mining Valley» maxsus mayning zonasini taşkil etiş belgilangan. Şuningdek, barqaror tokenlar aylanmasini tartibga solişga oid maxsus huquqiy rejim joriy etilgan.
Agentlik kriptoaktivlar bilan boğliq ayrim operatsiyalar, jumladan, norezidentlar amalga oşiradigan operatsiyalar uçun soliq imtiyozlarini takomillaştiriş böyiça qonun loyihasi işlab çiqilganini ham bildirdi.
Bundan taşqari, Özbekiston rezidentlariga litsenziyasiz kripto xizmatlari körsatayotgan xorijiy kompaniyalarga jarima qöllaş tartibini belgilovçi hujjat loyihasi tayyorlanmoqda.
Şunday qilib, Özbekistonda kriptobozor hajmi ösib borayotgan bölsa-da, bu barça iştirokçilar uçun bir xil darajada foydali bozor degani emas. Bir tomondan, 2029-yilgaça amal qiladigan soliq imtiyozlari va bozorning hali töyinmaganligi yangi loyihalar uçun imkoniyat yaratmoqda. Boşqa tomondan esa, yuqori litsenziya xarajatlari, oylik yiğimlar, likvidlik va banklar bilan işlaşdagi çeklovlar biznesga kiriş va uni yuritişni qimmatlaştirmoqda.
Ayrim kriptodökonlarning faoliyatini vaqtinça töxtatişi ham şu bozorning ikkinçi tomonini körsatmoqda: kripto-aktivlar aylanmasining ösişi kompaniyaning avtomatik ravişda yuqori foyda olişini anglatmaydi. Endi bozorning keyingi bosqiçi nafaqat aylanma hajmi, balki litsenziyalangan kompaniyalarning qançalik barqaror va daromadli işlay olişi bilan ham belgilanadi.