Anthropic aksiyalari debyut savdolarida 13 foiz tuşdi

eʼlon qilindi
AQŞ fond bozori ham keskin pasaydi
Anthropic aksiyalari debyut savdolarida 13% tuşdi
Foto: depositphotos

Sun’iy intellekt texnologiyalarini işlab çiquvçi Anthropic kompaniyasi aksiyalari IPO’dan keyingi ilk savdo kunini $97,17 darajasida yakunladi. Bu savdolar oçilişidagi narxdan 13 foiz past, biroq IPO narxidan 17 foiz yuqori.

Kompaniya aksiyalari IPO doirasida $83 dan joylaştirilgan edi. Birjadagi dastlabki narx esa investorlar buyurtmalari asosida $111,5 etib belgilandi va kun davomida qayd etilgan eng yuqori qiymat bölib qoldi.

Savdo sessiyasi yakunlangandan keyingi kengaytirilgan savdolarda Anthropic aksiyalari yana 1% dan köproq arzonlaşdi.

AQŞ fond bozori ham keskin pasaydi

Anthropic aksiyalaridagi pasayiş AQŞ fond bozoridagi umumiy sotuvlar fonida yuz berdi.

S&P 500 indeksi kunni 2 foiz pasayiş bilan yakunladi. NASDAQ Composite 2,3 foiz, NASDAQ 100 esa 2,2 foizga tuşdi.

Dow Jones Industrial Average indeksi ham 2,2 foiz yöqotdi va iyun oyidan beri ilk bor 50 ming punktdan pastda yopildi.

Bloomberg ma’lumotiga köra, S&P 500 ketma-ket oltinçi savdo kunida pasaydi. Bu 2024-yil aprelidan beri eng uzoq pasayiş seriyasi hisoblanadi.

Investorlar foydani qayd etişga ötdimi

CNBC bahosiça, Anthropic’ning rekord IPO’si sun’iy intellekt atrofidagi investitsiya şov-şuvining muhim voqealaridan biri böldi.

Biroq aksiyalar savdosi boşlanişi bilan bozordagi kayfiyat keskin özgardi. Savdo kuni avvalida AQŞ indekslari ösayotgan edi, biroq Anthropic aksiyalari birjada paydo bölişi bilan deyarli bir vaqtda bozor salbiy tomonga burildi. Bu investorlarning yaqindagi ösişdan söng foydani qayd etişga kirişgani bilan izohlanmoqda.

Avvalroq «Kursiv» Anthropic 1,5 trln dollarga baholanayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek