Ar-Riyoddagi eng baland bino husiylar hujumiga uçradi

Yamandagi husiylar Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyoddagi eng baland osmonöpar binoga hujum qildi. 80 qavatli PIF Tower binosining bir neça qavati şikastlangan, oynalari singan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yöq. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Hujum 19-noyabr kuni Ar-Riyoddagi Qirol Abdulloh moliyaviy markazi (KAFD)da sodir bölgan. PIF Tower Saudiya Arabistonining davlat investitsiya fondi – Public Investment Fund (PIF) boş qarorgohi joylaşgan bino hisoblanadi.
Reuters bilan suhbatlaşgan uç manbaning aytişiça, osmonöpar binoga husiylar tomonidan uçirilgan raketa bevosita kelib urilgan. Zarba oqibatida binoning 7 – 8-qavatlaridagi oynalar sinib, metall fasadning ayrim qismlari egilgan.
Saudiya Arabistoni fuqaro muhofazasi idorasi hujum oqibatida mol-mulkka zarar yetganini, biroq insonlar jabrlanmaganini ma’lum qildi. Saudiya boşçiligidagi koalitsiya esa Ar-Riyod tomon uçirilgan raketa tahdidiga qarşi çoralar körilganini va dastlabki tekşiruvlarda qulagan bölaklar zarar yetkazgani aniqlanganini bildirdi.
Moliyaviy markazga ikkinçi hujum
Hodisa ortidan Qirol Abdulloh moliyaviy markaziga kiriş yöllari yopilgan, hududdagi odamlar evakuatsiya qilingan. Voqea joyida tez yordam va yonğin xavfsizligi xizmati xodimlari işlagan.
Bu sönggi ikki haftadan kam vaqt içida Ar-Riyod moliyaviy markazidagi muhim binolarga qilingan ikkinçi hujumdir. 8-noyabr kuni Saudiya Arabistonining davlat neft kompaniyasi Saudi Aramcöga tegişli bino ham hujum oqibatida şikastlangan edi.
Husiylar 19-noyabr kuni Ar-Riyoddagi moliyaviy markazga ikki marta zarba berilganini bildirgan. Şuningdek, ular Qirol Xolid xalqaro aeroporti, Saudiya Arabistonining janubidagi harbiy baza va Jubayldagi neft-kimyo korxonasiga ham hujum qilinganini da’vo qilgan. Saudiya Arabistoni bu qöşimça hujumlar haqidagi da’volarni öşa vaqtda tasdiqlamagan.
Hujumlar Yamandagi mojaro yana keskinlaşgan bir paytda sodir bölmoqda. Eron tomonidan qöllab-quvvatlanadigan husiylar sönggi oylarda Saudiya Arabistonidagi aeroportlar, neft infratuzilmasi va boşqa obyektlarga raketa hamda dronlar orqali hujumlarni kuçaytirgan.
Avvalroq 8-noyabr kuni Ar-Riyoddagi Saudi Aramco binosi ham hujum oqibatida şikastlangani haqida xabar berilgandi.