«Dada, iltimos, öldirmang»: AQŞda ota uç farzandi va xotinini öldirdi, söng öz joniga qasd qildi

AQŞning Florida ştatida ota 1, 3 va 5 yoşli uç farzandi hamda xotinini otib öldirgaç, öz joniga qasd qildi. Voqea vaqtida 911 xizmatiga qilingan qönğiroqda kiçik bolaning otasidan «Dada, iltimos, meni öldirmang», deb yolvorgan ovozi eşitilgan.
911 qönğiroği fojiani oşkor qildi
Hodisa 19-noyabr kuni Florida ştatining Plant-Siti şahrida yuz bergan. Hillsboro okrugi şerifi ofisi ma’lumotiga köra, taxminan soat 15:29 da 911 xizmatiga qönğiroq kelib tuşgan.
Telefon aloqasi uzilmagani sabab operator uy içidagi suhbatlarni eşitgan. Erkak «Keçir, bolam», deganidan söng öq ovozi eşitilgan. Şundan keyin kiçik bola otasidan yolvorib yordam söragan.
Dada, iltimos, meni öldirmang
Hillsboro okrugi şerifi Çad Kronister favqulodda qönğiroqqa javob bergan operator bola aytgan sözlarni eşitganini ma’lum qildi.
Uning sözlariga köra, bola: «Dada, iltimos, menga öq uzmang. Dada, iltimos, meni öldirmang», deb bir neça bor yolvorgan. Bola bu sözlarni uç yoki tört marta takrorlagan, şundan söng yana öq ovozi eşitilgan. Hozirça 911 xizmatiga aynan kim qönğiroq qilgani aniqlanmagan.
Politsiya uyga 10 daqiqada yetib borgan
Xabar kelib tuşgaç, politsiya xodimlari taxminan 10 daqiqadan söng voqea joyiga yetib kelgan. Ular uy içida harakatsiz yotgan bolani körgan.
Şundan söng xodimlar eşikni buzib, uy içiga kirgan va 1, 3 hamda 5 yoşli uç bola, ularning onasi va otasi halok bölganini aniqlagan.
Avval bolalar, keyin xotini öldirilgan
Şerif Kronisterning aytişiça, dastlabki ma’lumotlarga köra, ota avval uç farzandini, keyin xotinini otib öldirgan va oxirida öz joniga qasd qilgan.
Oila uşbu hududga taxminan bir yil avval köçib kelgani ma’lum bölgan. Şu vaqt davomida ularning uyidan politsiyaga heç qanday murojaat kelib tuşmagan. Şuningdek, ota-onaning sudlanganlik holati bölmagani aytilgan.
Şerif: Bu sof yovuzlik
Voqea joyida jurnalistlarga gapirgan şerif Kronister hodisani «sof yovuzlik» deb atagan. Uning sözlariga köra, kiçik yoşdagi bolalarning halok bölişi politsiya xodimlariga ham qattiq ta’sir qilgan.
Favqulodda qönğiroqqa javob bergan operator va uyga kirgan politsiyaçilarga psixologik yordam körsatilmoqda.
Qotillik sababi aniqlanmoqda
Politsiya beş kişining ölimiga sabab bölgan voqea yuzasidan tergov boşlagan. Hozirça oila a’zolarining şaxsi oşkor qilinmagan. Ota nima sababdan qotilliklarni sodir etgani ham noma’lum.
Hokimiyat hodisani qotillik va öz joniga qasd qiliş işi doirasida tergov qilmoqda.
Avvalroq Polşaning Krakov şahrida sodir bölgan otişmada olti kişi halok bölgandi.