Dunyoga maşhur begemot 10 yoşga tölmay vafot etdi

eʼlon qilindi
Fiona oxirigaça kuraşdi
Foto: Lisa Hubbard

AQŞning Cincinnati hayvonot boğida yaşagan dunyoga maşhur Fiona ismli begemot nobud böldi. U ötgan hafta yaşaş hududiga tasodifan tuşib qolgan boş kiyimni yutib yuborgan va veterinariya xodimlarining sa’y-harakatlariga qaramay, uni qutqarişning imkoni bölmagan. Bu haqda Cincinnati hayvonot boği rasmiy sayti xabar berdi.

Hayvonot boği ma’lumotiga köra, veterinariya jamoasi begemot yutib yuborgan buyumni organizmidan çiqariş uçun bir neça bor urinib körgan. 19-noyabr kuni ham uning hayotini saqlab qoliş maqsadida zarur tibbiy yordam körsatilgan, biroq muolajalar samara bermagan.

Fiona oxirigaça kuraşdi

Hayvonot boği direktori Deyv Jenikeyning aytişiça, Fiona oxirigaça kuraşgan, biroq uning ahvoli yaxşilanmagan. U hayvonot boği xodimlari begemotni saqlab qoliş uçun qöllaridan kelgan barça işni qilganini ta’kidlagan.

Fiona kelasi yil yanvar oyida 10 yoşga tölgan bölardi. U özining hayot uçun kuraşi bilan dunyo böylab millionlab insonlarga tanilgan va begemotlar turiga e’tiborni oşirişga katta hissa qöşgan.

Cincinnati hayvonot boği vakillari Fionaning ölimi uning parvarişi bilan şuğullangan xodimlar va butun dunyodagi muxlislari uçun oğir yöqotiş bölganini bildirdi.

Avvalroq Kolumbiya hukumati Eskobar begemotlarini yöq qilişni ma’qullagandi.

Shuningdek