Emirates aviakompaniyasi Özbekistonga muntazam reyslar oçişi mumkin

eʼlon qilindi
Emirates Özbekiston bozoriga kirsa, nima özgaradi
Foto: Emirates.com

BAAning Emirates aviakompaniyasi Özbekiston bozoriga kiriş va mamlakatga muntazam reyslarni yölga qöyiş imkoniyatini örganmoqda. Bu masala Uzbekistan Airports va Emirates Group vakillari örtasidagi muzokaralarda muhokama qilindi. Uzbekistan Airports matbuot xizmatining xabar berişiça, uçraşuvda Emirates Group’ning xalqaro aviatsiya siyosati va davlat organlari bilan aloqalar uçun mas’ul vakillari iştirok etgan.

Muzokaralarda aviakompaniya vakillariga Özbekiston xalqaro aeroportlarini rivojlantiriş, infratuzilmani modernizatsiya qiliş, yölovçi taşiş dinamikasi hamda mamlakatning sayyohlik va tranzit salohiyati haqida ma’lumot berilgan.

Tomonlar hamkorlikni rivojlantirişdan manfaatdor ekanini bildirgan. Emirates yölovçilar talabi, aeroportlarning infratuzilma imkoniyatlari va yönalişlarning tijorat salohiyatini örganganidan söng Özbekistonga muntazam reyslar oçiş masalasini körib çiqişi mumkin. Uzbekistan Airports esa buning uçun zarur ma’lumotlarni taqdim etiş va maslahatlaşuvlarni davom ettirişga tayyorligini bildirgan.

Emirates Özbekiston bozoriga kirsa, nima özgaradi

Hozirda Özbekiston aviatsiya bozorida BAAning Flydubai, Air Arabia va Etihad Airways aviakompaniyalari faoliyat yuritmoqda. Emirates’ning bozorga kirişi yölovçilar uçun, xususan, Dubay orqali boşqa xalqaro yönalişlarga uçişda qöşimça imkoniyatlar yaratişi mumkin.

Ma’lumot uçun, boş qarorgohi Dubayda joylaşgan Emirates dunyodagi yirik xalqaro aviakompaniyalardan biri hisoblanadi. Uning parvozlar tarmoği qariyb 80 ta mamlakatdagi 150 dan ortiq yönalişni qamrab oladi. Aviakompaniya keng fyuzelyajli samolyotlardan iborat yirik parkka ega bölib, asosan uzoq masofali xalqaro parvozlarni amalga oşiradi.

Avvalroq Turkiyaning Pegasus Airlines loukoster aviakompaniyasi Özbekistonning Andijon, Buxoro va Termiz şaharlariga muntazam parvozlarni yölga qöygani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek